Qonunçilik palatasi deputati Doniyor Ğaniyev taşqi qarz evaziga qurilgan Angren şina zavodining faoliyati muvaffaqiyatsizligi uçun javobgarlarga qanday çora qörilayotgani böyiça Hisob palatasiga savol bilan yuzlandi.

«156 million dollarga zavod qurilgan. Şinalar işlab çiqarilmoqda. Eng açinarlisi, şundoqqina Andijondagi UzAuto Motors bu şinalarni sotib olmayapti. Sabab sifatida bu mahsulotlar GM kompaniyasi standartlariga sertifikatlaştirilmagani keltirilmoqda. Nahotki, bu loyihani işlab çiqilayotganda birinçi bozorimiz bölgan içki avtomobillar sertifikat talablariga moslaşiş zarurligi öylanmagan bölsa?!

Loyiha taşabbkorlariga, uni işlab çiqqanlarga çora köriladimi yoki şunçaki 156 million dollar suvda oqib ketdi, deb ketilaveradimi? Şu böyiça huquq-tartibot organlariga taqdimnoma kiritdinglarmi?» deya savol qöygan deputat yiğilişda.

Bunga javoban, Hisob palatasi raisi örinbosari Bahodir Turobov mazkur holat yuzasidan tergov boşlanganini ma'lum qilgan.

«Materiallar administratsiya topşiriği bilan huquqni muhofaza qiliş organlariga berilgan. Bugungi kunda tegişli tergov jarayonlari olib borilyapti. Bu masalada barça e'tirozlarimizni vazirlik va idoralarga yetkazganmiz. Hujjatlarni rasmiylaştirib materiallarni berganmiz», degan u.

Hisob palatasining ma'lumotlariga köra, Xitoy Eksimbankidan jalb qilingan 156,4 million dollar mablaği hisobiga barpo etilgan Angren şina zavodi hozirda atigi 15 foiz quvvatda işlamoqda.

Zavod omborida 100 mingta şina sotilmay turibdi. Kredit tölovlaridan esa 3 million dollardan ortiq qarzdorlik bor.

«Tabiiyki, loyiha nega bunday muvaffaqqiyatsizlikka uçragani odamni öylantiradi. Nahotki loyiha boşidan töğri rejalaştirilmagan bölsa? Yoki şunça qarz mablağlari notöğri işlatildimi? Loyiha taşabbuskori kim? Loyihaga mas'ul bölganlar qonun oldida javob beradimi? Umid qilamizki, jamoatçilik va biz deputatlarni öylantirgan bu savollarga asosli javob olamiz», deya qöşimça qilgan Doniyor Ğaniyev telegramdagi kanalida.

Avvalroq, «Milliy tiklaniş» demokratik partiyasi Markaziy kengaşi raisi Alişer Qodirov Hisob palatasining 2020 yil uçun bayonoti böyiça öz fikrlarini bildirgan edi.

Uning sözlariga köra, rezinotexnika zavodi (Bars brendi ostida şinalar işlab çiqaradi) omborida 100 mingta şina sotilmay turibdi. «Sababi doimgidek, sifat talabiga javob bermaydi», degan deputat va sönggi ikki yilda UzAuto Motors 60 million dollarga yaqin şina import qilganini qöşimça qilgan.