Davlat budjeti va davlat maqsadli jamğarmalari budjetlari hisobidan ajratilgan mablağlar sarflanişi yuzasidan 2020 yilda ötkazilgan nazorat tadbirlari natijasida jami 671,3 mlrd sömlik noqonuniy xarajatlar, kamomad va özlaştirişlar hamda samarasiz xarajatlar, 1 trln sömdan ortiq xarajatlarni optimallaştiriş imkoniyatlari aniqlangan.
Prezident farmoniga asosan taşkil etilgan Inqirozga qarşi kuraşiş jamğarmasidan ajratilgan mablağlar sarflanişi ustidan Moliya vazirligi bilan hamkorlikda nazorat örnatilib, aniqlangan 23,8 mlrd sömlik kamomad va noqonuniy xarajatlar hamda ortiqça moliyalaştirilgan 8,4 mlrd söm mablağlar jamğarmaga qaytarilgan.
Bundan taşqari, amalga oşirilgan örganiş va tahlillar natijasida jami 801,5 mlrd sömlik qöşimça daromad manbalari mavjudligi aniqlanib, şundan 233,5 mlrd sömining undirilişi ta'minlangan va qolgan qismlarini undiriş çoralari belgilangan.
Ta'kidlanganidek, koronavirus pandemiyasi davrida Davlat budjeti barqarorligi va birinçi navbatdagi tadbirlarning öz vaqtida moliyalaştirilişini ta'minlaşga qaratilgan prezident qarori ijrosi yuzasidan Davlat soliq qömitasi, Moliya vazirligi va Davlat aktivlarini boşqariş agentligi bilan hamkorlikda ustavida davlat uluşi bölgan korxonalarning 2019 yilda olingan foydasidan Davlat budjetiga 4,8 trln söm dividendlar ötkazilişi hisob-kitob qilinib, ularning tegişli budjetlarga jalb qilinişi ta'minlangan.
Şuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 16 apreldagi qarorida belgilangan tartib va me'yorlardan kelib çiqqan holda vazirlik va idoralarning 27 456ta maxsus hisobraqamlaridagi qoldiq mablağlarning bir qismini davlat budjetiga ötkaziş imkoniyatlari tahlil qilinib, ularning 382 mlrd sömi budjetga ötkazilişida nazorat-tahlil işlari olib borilgan.
Xalq ta'limi vazirligi muassasalarida 192,2 mlrd sömlik moliyaviy xato, kamçiliklar va özlaştirişlar aniqlanganiga, jumladan, xalq ta'limi sohasidagi islohotlarga kömaklaşiş jamğarmasi mablağlaridan 21 mlrd sömlik samarasiz xarajatlarga yöl qöyilganiga alohida e'tibor berildi. Misol tariqasida, Beruniy tumanida 420 mln sömga qurilib foydalanişga qabul qilingani körsatilgan 58-maktab filialida umuman quriliş bölmagani aniqlangan.
Muhokamalarda deputatlar hisobotda keltirilgan xalqaro moliya taşkilotlari mablağlari hisobidan amalga oşirilayotgan loyihalarda muammolar mavjudligiga hamda ularning kelib çiqiş sabablariga ham e'tibor qaratdi. Jumladan, davlat taşqi qarz mablağlarini jalb qilgan holda 2010-2019 yillarda yakunlangan umumiy qiymati 12,6 mlrd AQŞ dollarlik 81ta loyihaning 24tasida xato va kamçiliklar aniqlangan.

















