Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Jarqörğon tumani bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda hududiy tijorat banki bank xizmatlari markazi sobiq şu’ba mudiri T.S. öziga biriktirilgan bankomatlarga ajratilgan 262,5 mln söm mablağni özlaştiriş va rastrata yöli bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.

Şuningdek, mazkur markazning nazoratçi kassiri S.N. ham bankomatlarga ajratilgan mablağlardan 132,8 mln sömni özlaştiriş va rastrata yöli bilan talon-toroj qilganlikda gumon qilinmoqda.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) bilan jinoyat işi qözğatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.