O‘zbekiston | 13:27 / 07.04.2021
15299
1 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda xalqaro kurort tashkil etiladi 

Foto: Xalq so'zi

“Zomin” turistik-rekreatsion zonasini va xalqaro umummavsumiy kurortni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, quyidagilar tashkil etilmoqda: 

  • “Zomin” turistik-rekreatsion zonasi;
  • “Zomin” turistik-rekreatsion zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasi;
  • turistik zona hududida “Suffa platosi. 2 400” xalqaro umummavsumiy kurorti va “O‘riklisoy” turizm majmuasi.

Turistik zona faoliyat ko‘rsatish muddati keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan 30 yilga tashkil qilinadi.

2024 yil 1 yanvarga qadar qayta tiklanuvchi energiya manbalarini tashkil etish uchun tadbirkorlar tomonidan import qilinadigan asbob-uskunalar, texnika, xomashyo, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar va boshqa materiallar bojxona to‘lovlaridan (qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlardan tashqari) ozod etiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid