Ma'lum qilinishicha, Shahrisabz tumani «Loliston» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi ona X.Z. qizi T.I. bilan Shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli shifoxona va poliklinikalarga fuqarolarni ishga joylashtirishni va'da qilib, 11 nafar hamshahrini chuv tushirgan.

Ona-bola fuqarolar, O.A. dan 300, X. M. dan 700, O.D. dan 300, X.Sh. dan 300, N.Sh. dan 700, K.K. dan 600, Yo.N. dan 300, Yu.S. dan 200, Q.M. dan 100, R.G. dan 500, B.N. dan 300, jami 11 nafar fuqarolardan 4300 AQSh dollarini olib, o‘z ehtiyoji uchun sarflab yuborgan.

Bundan tashqari, T.I. 2021 yil 1-2 aprel kunlari Shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasi bosh shifokori va kotibasi hamda ko‘p tarmoqli poliklinika bosh shifokorlariga qo‘ng‘iroq qilib, sms yozib, o‘zini mansabdor shaxs sifatida tanishtirgan. So‘ng, yuqoridagi shaxslarning ism-familiyasini yozdirib, ishga qabul qilishini talab qilgan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Shahrisabz shahar IIB tergov bo‘linmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.