2 aprel kuni ÖzLiDeP fraksiyasining navbatdagi yiğilişida Qonunçilik palatasi deputati Doniyor Ğaniyev taşqi qarz evaziga qurilgan Angren şina zavodining faoliyati muvaffaqiyatsizligi uçun javobgarlarga qanday çora körilayotgani böyiça Hisob palatasiga savol bilan yuzlangandi.

«156 million dollarga zavod qurilgan. Şinalar işlab çiqarilmoqda. Eng açinarlisi, şundoqqina Andijondagi UzAuto Motors bu şinalarni sotib olmayapti. Sabab sifatida bu mahsulotlar GM kompaniyasi standartlariga sertifikatlaştirilmagani keltirilmoqda. Nahotki, bu loyiha işlab çiqilayotganda birinçi bozorimiz bölgan içki avtomobillar sertifikat talablariga moslaşişi zarurligi öylanmagan bölsa?!

Loyiha taşabbuskorlariga, uni işlab çiqqanlarga çora köriladimi yoki şunçaki 156 million dollar suvda oqib ketdi, deb ketilaveradimi? Şu böyiça huquq-tartibot organlariga taqdimnoma kiritdinglarmi?» deya savol qöygan deputat yiğilişda.

Doniyor Ğaniyev özining bu mavzudagi keyingi çiqişida noaniqlikka yöq qöyilgani, Angren şina zavodi böyiça jinoiy iş qözğatilgani töğrisidagi ma'lumot asossiz ekanligini ma'lum qildi.

«2 aprel kuni ÖzLiDeP fraksiyasining navbatdagi yiğilişida Hisob palatasining 2020 yilgi faoliyati yuzasidan hisoboti eşitildi.

Bölib ötgan muhokamalar jarayonida men taşqi qarz hisobiga moliyalaşgan hamda HP tomonidan örganilgan 2ta loyiha yuzasidan savol bergandim. Ya'ni Angren şina zavodi loyihasi va soğliqni saqlaş tizimida amalga oşirilgan «Salomatlik-3» loyihasi. Mana şu loyihalar böyiça Hisob palatasi rahbariyati tomonidan ikkita alohida-alohida javob berilgan.

Lekin negadir partiya matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videolavhada xatolikka yöl qöyilib, aynan «Salomatlik-3» loyihasi böyiça berilgan javob Angren şina zavodi böyiça berilgan savolga javob tarzida yuklangan. Bu tuşunmovçilik ortidan OAVda Angren şina zavodi böyiça jinoiy iş oçildi, tarzida xabarlar tarqabdi.

Aslida jinoiy iş «Salomatlik-3» loyihasi doirasida oçilgan. Uni videoda, HP rahbariyatning javobida ham eşitiş mumkin va unda «Salomatlik-3» loyihasi doirasida barça hujjatlar huquq-tartibot idoralariga taqdim etilgani ma'lum qilingan.