Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Doniyor Ğaniyev deputatlik mandatini tugatişga, yangi saylovlarda nomzodini ilgari surmaslikka qaror qildi. Bu haqda u özining Telegram kanalida yozib qoldirdi.

«Saylovçilar bildirgan işonçni oqlaş, ularning dardu taşvişlarini, muammo va xohişlarini parlament minbariga olib çiqiş, qabul qilingan qonunlar adolatli va insonparvar bölişiga hissa qöşiş, murojaat qilgan fuqarolarga yordam bera oliş imkoniyati men uçun deputatlikning eng katta şarafi böldi. Bunday imkoniyat va baxt menga nasib qilganidan har doim faxrlanaman», deb yozadi Doniyor Ğaniyev.

Deputat inson atrofidagi özgarişlar, reallik bilan hisoblaşişi hamda öz imkoniyat va qobiliyatlarini töğri baholay olişi kerakligini ta’kidlagan.

«Garçi deputat sifatida samarali faoliyat olib bordim, deb öylasam-da, bu faoliyatda davom etiş özim uçun ham, saylovçilar uçun ham manfaatli bölmasligini tuşunib yetdim. Menimça, hayotimda özgarişlar qiliş, yangi çellenj va imkoniyatlarni qarşi olişning ayni vaqti», deya qayd etadi u.

Şu bois, Doniyor Ğaniyev deputatlik mandatini tugatişga, yangi saylovlarda nomzodini ilgari surmaslikka qaror qilgan. Bundan keyingi faoliyatini u Vazirlar Mahkamasida investitsiya yönalişida mas’ul xodim sifatida davom ettiradi. Ğaniyev deputatlikdan avval ham şu yönalişda faoliyat yuritgan.

«Menga öz vakilligini işongan Marğilon okrugi saylovçilariga, faoliyatimni e’tirof etib, qöllab-quvvatlagan jamoatçilik faollari, OAV vakillari va köplab bloger döstlarimizga bildirilgan işonç va qöllov uçun minnatdorçilik bildiraman.

Şuningdek, parlament yiğilişlarida har doim öz fikrimni aytişga imkoniyat yaratgan Qonunçilik palatasi spikeriga, yalpi va fraksiya yiğilişlarida qöllab-quvvatlagan hamkasb deputatlarga hamda qonun loyihalarini takomillaştirişda kerak bölsa deputatlardan ham köproq mehnat qiladigan palata devoni xodimlariga ham alohida rahmat aytaman», deydi u.

Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi matbuot xizmati Doniyor Ğaniyev Vazirlar Mahkamasi Investitsiyalar, eksport, savdo, qişloq va suv xöjaligi masalalari kotibiyati Investitsiya loyihalarining amalga oşirilişini monitoring qiliş bölimi boşliği örinbosari lavozimiga tayinlangani töğrisida xabar bergan.