5 iyun kuni Toşkentda Jahon savdo taşkiloti boş direktori Ngozi Okonjo-Iveala va boşqa xalqaro taşkilotlar rasmiylari iştirokida “Özbekistondagi iqtisodiy islohotlar va JSTga a’zo böliş jarayoni” mavzusidagi konferensiya bölib ötdi.
Kun.uz muxbiri konferensiya doirasida Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Doniyor Ğaniyev bilan suhbatlaşib, JSTga a’zolik özbekistonliklarga nima berişi, qaysi qonun hujjatlari taşkilot talablariga moslaştirilgani haqida söradi.
“Teng qoidalar asosidagi öyinda yutganlar yutqizganlardan köp böladi”
— JSTga qöşiliş orqali endi mahalliy qonunçiligimizdagi standartlar, tariflar, hammasi xalqaro standartlarga moslaşişi hisobiga bu mahalliy tadbirkorlarga yangi bozorlarga kiriş imkoniyatini oçadi. Töğri, ularning bozori oçilişi bilan birga, bizning bozorlar ham xorijiy investorlar, tadbirkorlarga oçiladi. Bu qaysidir nuqtalarda raqobatning kuçayişiga sabab böladi, bu esa ma’lum bir mahalliy tadbirkorlarga qiyinçilik tuğdirişi ham mumkin. Bu – global savdoda asosiy element, unda yutadigan va yutqizadiganlar böladi. Bir narsani unutmaslik kerakki, teng qoidalar asosidagi öyinda yutganlar yutqizganlardan köp böladi.
E’tibor bergan bölsangiz, [Toşkentdagi konferensiyada] JST direktori bundan buyon Özbekiston qöşiladimi emas, qaçon qöşiladi degan savolni örtaga taşlaş kerak, dedi. Gap muddatda. Biz texnik muzokaralarni tezlaştirib, belgilangan dedlayn – 2026 yilgaça qöşiliş maqsadimizga erişsak, bu köp jihatlardan aholi uçun tanlov imkoniyatini yaratadi.
Qolaversa, bizning boş maqsadimiz bölgan aholining turmuş tarzini yaxşilaşda muhim instrument bölib xizmat qiladi. Çunki JSTga qöşiliş oxirgi maqsad bölmasligi kerak, bu faqat instrument, ya’ni hamma narsa savdo tösiqlarini olib taşlaş, biznes uçun yaxşi şaroitlarni yaratiş vositalarini özimiz uçun özimiz qilişimiz kerak. JST mana şu reformalarimizni tezlaştirişga, a’zolar bilan savdomizni osonlaştirişga xizmat qiladigan platforma böladi.
“Investitsiya töğrisidagi qonunlarni birlaştirib, kodeks sifatida qabul qilişimiz kerak”
— 2020 yilda muzokaralar qayta boşlanganidan beri muzokaralarda hukumat tomonidan qaysi qonun hujjatlarini özgartirişimiz kerakligi haqida reja taqdim etilgan. Şu reja asosida 8 ta qonunni töliq şaklda qayta körib çiqiş belgilangan. Masalan, standartlaştiriş töğrisida, texnik reglament töğrisidagi, raqobat töğrisidagi qonunlarimiz qaytadan qabul qilindi. Undan taşqari, juda köp qonunlarga kiçik-kiçik özgartirişlar kiritildi. Misol uçun, intellektual mulk himoyasi töğrisidagi qonun, reklama töğrisidagi qonun va juda köplab qonunlarga JST talablariga moslaştiriş böyiça özgartirişlar kiritildi.

















