Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisida boş vazirining örinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziri Jamşid Qöçqorov davlat budjetining va davlat maqsadli jamğarmalari budjetlarining 2023 yildagi hamda 2024 yilning birinçi çoragidagi ijrosi töğrisida hisobot berdi.
Majlisda deputat Doniyor Ğaniyev 1 maydan aholi xonadonlari uçun yangi energetika tariflari kuçga kirganiga e’tibor qaratdi.
“Bu oğriqli, ammo qilişimiz kerak bölgan qaror edi. Bu haqda odamlarga ham tuşuntiriş işlarini olib boryapmiz. Ammo joylarda ijtimoiy limit borasida e’tirozlar bölyapti. Asosiy e’tiroz – limitni belgilaşda tabiiy gaz bilan ta’minlanmagan fuqarolarning ehtiyoji inobatga olinmaganligi. Ba’zi bir hududlar borki, tabiiy gaz bilan ta’minlanmagan va ular qiş davomida isitiş uçun elektrdan foydalanadi. Bu notöğri, ammo ularda ham boşqa tanlov yöq. Ularga qiş mavsumida tölovlar juda ham katta bölişini hozirdan hisoblaş mumkin”, dedi Doniyor Ğaniyev.
Deputat qiş mavsumida tabiiy gaz bilan ta’minlanmagan xonadonlar uçun belgilangan ijtimoiy limit miqdorini kengaytiriş masalasining körib çiqilişi 100 minglab fuqarolarning oğirini yengil qilişda muhim bölişini va bu böyiça tizimli yeçim taklif qilinişi kerakligini ta’kidladi.
“Töğri savol qöyildi. Xonadonlarning uçdan bir qismida tabiiy gaz yöq. Ular kömir va ötinni bozor narxida oladi. Ayniqsa, ötinni. Özimizning kömirdan ma’lum miqdorda çeklangan narxlarda xarid qiliş imkoniyati bor. Tuşunişim böyiça, ular gaz yöqligi uçun qanaqadir ijtimoiy himoyalaş dastagidan foydalanmaydimi degan mazmundagi savol bölyapti. Bu savol töğri deb öylaymiz. Ayniqsa qiş paytida. Hozir biz buni yozib olib, bu böyiça şuğullanib, keyin maslahat qilib, xabarini beramiz”, dedi Jamşid Qöçqorov.
Eslatib ötamiz, 1 maydan maişiy iste’molçilar uçun elektr energiyasi va tabiiy gaz böyiça narxlar oşirilgandi. Bunda elektr energiyasiga hamma uçun bir xil – oyiga 200 kWh'gacha ijtimoiy me’yor kiritilgan.

















