Ijtimoiy tarmoqlarda mart-aprel oylarida kungaboqar va paxta yoğlari narxlari keskin oşgani keng muhokama qilinmoqda.

Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasining ma'lum qilişiça, içki bozorda ösimlik yoği mahsulotlari narxlari özgarişi taşkilot tomonidan tahlil qilib borilmoqda.

«Içki bozorlarda narxlar keskin ösişiga birinçi navbatda,

taşqi jahon bozorlarida narxlar oşişi va ötgan hosil yilida yetiştiriş hajmlari nisbatan kamroq bölişi munosabati bilan asosiy yetkazib beruvçilardan bölgan qöşni davlatlarda kungaboqar yoği va uruği eksportiga yuqori bojxona bojlari belgilanişi tartibi muddatining uzaytirilişi ham ta'sir etdi.

Öz navbatida, import asosida olib kelinadigan kungaboqar yoği va uruği narxlarining oşişi mahalliy paxta yoği narxlariga ham bevosita öz ta'sirini körsatdi.

Şu bilan birga, mahsulotga bölgan talabni qondiriş uçun içki bozorda taklif yetarli darajada ekanligi ham ma'lum böldi.

Yuqoridagilarga asosan, içki bozorda ösimlik yoği narxlarini barqarorlaştiriş maqsadida mutasaddi vazirlik va idoralar birgalikda barça zarur çoralarni körayotganligi ma'lum qilinadi», deyiladi Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi ma'lumotida.

Qömitaga köra, sanitariya qoida va me'yorlariga muvofiq respublika böyiça yiliga 300 ming tonnadan ortiq ösimlik yoği talab etiladi.

2020 yilda aholi iste'moli uçun 450 ming tonnadan ziyod ösimlik yoği muomalaga çiqarilgan bölib, şundan yarmidan ortiqroği import qilingan.

Avvalroq saytimizda Özbekistonda ösimlik yoği narxlari oşib borayotgani yuzasidan maqola e'lon qilingandi.  Unda dunyo böyiça ösimlik yoğlari narxi örtaça 20-25-foizga, Özbekistonda esa 17 foizga oşgani, narx yana 30 foizga oşişi mumkinligi bildirilgan.

Şuningdek, Toşkent bozorlarida yarmarkadagi yoğ uçun navbatlar yuzaga kelayotgani xabar qilingan.