Rossiyaning Krasnodar ölkasida kungaboqar yoği işlab çiqaruvçi bir neçta korxona direktoriga nisbatan firibgarlik böyiça oçilgan jinoyat işi sudga yuborildi. Bu haqda Krasnodar ölkasi prokuraturasi matbuot xizmatiga tayanib «Kommersant’» xabar berdi.
Qayd etilişiça, gumondor kungaboqar yoği yetkazib beriş böyiça e’lonlarni internetga joylaştirgan va Rossiya, Gruziya, Qirğiziston va Özbekiston kompaniyalari vakillari bilan bir qança şartnomalar tuzgan. Kelişuvlarga köra, gumonlanuvçi 32 million rubl (5 milliard sömdan ortiq) tölov olgan. Şundan söng, aloqani uzgan. Umuman olganda, töqqizta firibgarlik epizodi aniqlangan bölib, ulardan birida gumondor bir guruh şaxslar, jumladan, ukasi bilan iştirok etgan.
«Tadbirkorga» nisbatan Jinoyat kodeksining 159-moddasi (firibgarlik, özganing mol-mulkini aldaş yöli bilan özlaştiriş) böyiça jinoyat içi oçilgan. Dastlabki tergov jarayonida gumonlanuvçi öz aybiga iqror bölmagan.

















