Davlat moliyaviy nazorati departamenti tomonidan Xalq ta'limi vazirligining 64 ta tuman va şahar bölimlarida ötkazilgan nazorat tadbirlarida 72,4 milliard sömlik moliyaviy xato-kamçiliklar aniqlandi. Bu haqda Moliya vazirligi xabar bermoqda.
Qayd etilişiça, iş haqi va unga tenglaştirilgan tölovlarning ortiqça tölanişi, xodimlarning plastik kartoçkalariga ortiqça mablağ ötkaziş hamda bankdan olingan naqd pullarni özlaştiriş kabi holatlarga yöl qöyilişi natijasida 42 milliard söm miqdoridagi budjet mablağlari noqonuniy sarflangan.
«Misol uçun, Guliston şahar xalq ta'limi bölimida pedagog va boşqa xodimlarga hisoblangan iş haqi tölovlaridan naqd pulda tölanişi lozim bölgan mablağga nisbatan budjet mablağlari hisobidan 4 milliard söm miqdoridagi naqd pullar bankdan ortiqça olinib, markazlaşgan hisobxona boş hisobçisi va ğaznaçisi tomonidan soxta tölov hujjatlarini rasmiylaştiriş orqali özlaştirib yuborilgan», deyiladi vazirlik ma'lumotida.
Şuningdek, sifatsiz bajarilgan va bajarilmagan quriliş–ta'mirlaş işlari uçun 2,7 milliard söm miqdoridagi budjet mablağlari asossiz sarflangan. Tovar-moddiy boyliklarining öz vaqtida kirim qilinmasligi, asossiz xarajatga çiqarilişi va kamomadga yöl qöyilişi oqibatida 4 milliard sömlik xato va kamçiliklar aniqlangan.
«Davlat xaridlari töğrisida»gi qonunga zid ravişda tanlov (tender) ötkazilmasdan, töğridan töğri şartnomalar tuziş hamda moddiy boyliklarning qimmat narxlarda xarid qilinişi hisobiga 7,1 milliard söm miqdoridagi budjet mablağlari samarasiz sarflab yuborilgan.
Keltirilişiça, Samarqand viloyatining 8 ta tumani va Samarqand şahar xalq ta'limi bölimlari tomonidan 31 holatda tanlov (tender) ötkazilmasdan töğridan töğri şartnomalar tuzilişi, işlarni bajarganlik töğrisidagi dalolatnomalar tuzilmagani natijasida 5,7 milliard söm mablağ viloyat hokimligi injiniring kompaniyasining budjetdan taşqari maxsus hisobraqamiga ötkazib berilgan.
«Xodimlar nomidan oldindan tölab berilgan turli tölovlar iş haqidan çegirib qolinmasligi hamda ijaraçi taşkilotlar foydalangan elektr energiya, içimlik suvi va tabiiy gaz uçun budjet hisobidan tölovlarning amalga oşirilişi natijasida 16,7 milliard söm budjet mablağlari asossiz sarflab yuborilgan», deyilmoqda rasmiy ma'lumotda.
Bundan taşqari, Jizzax viloyatining Şarof Raşidov (11 ta), Zarbdor (3 ta), Ğallaorol va Baxmal (1 tadan) tumanlari Xalq ta'limi bölimlariga qaraşli umumta'lim maktablarida jami 16 nafar pedagog xodimlar mutaxassisligi böyiça soxta diplomlar asosida ta'lim berib kelayotganligi aniqlangan.










