Futbol böyiça Özbekiston Superligasining 5-turida «Maş'al» va «Qöqon-1912» jamoalari uçraşuvida qanot hakami Ruslan Serazitdinov mehmonlarning «fantom-goli»ni inobatga oldi. Öyin qöqonliklarning ğalabasi bilan yakunlandi - 0:2.

Öyinning 52-daqiqasida «Qöqon-1912» hujumçisi Möminjon Meliyev öz jamoasini oldinga olib çiqdi. U «Maş'al» darvozasi tomon ötkir burçakdan zarba yölladi, uning zarbasi aniq çiqmadi, lekin töp törning taşqi tomonidan kirib darvoza içida paydo böldi.

Tasvirlardan ma'lum bölişiça, darvoza töri hajmi me'yoridan katta bölgani uçun töp undan osonlik bilan ötgan.

Qanot hakami Ruslan Serazitdinovga asoslanib öyin boş hakami Vadim Agişev golni hisobladi. Bu öyinda videotakrorlardan foydalaniş imkonini beruvçi tizimdan (VAR) foydalanilmagan.