Vazirlar Mahkamasi tomonidan «Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanidagi «Töpolang» suv omboridan xavfsiz va samarali foydalanişni ta'minlaş çora-tadbirlari töğrisida»gi qaror qabul qilindi.
Hujjat bilan Suv xöjaligi vazirligi, «Özbekgidroenergo» AJ, Moliya vazirligi hamda Davlat aktivlarini boşqariş agentligining Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi «Töpolang» suv omborini «Özbekgidroenergo» AJga uning ustav kapitalidagi davlat uluşini obekt balans qiymatiga oşiriş hisobiga beriş töğrisidagi taklifiga rozilik berildi.
Suv xöjaligi vazirligi va Moliya vazirligiga «Özbekgidroenergo» AJ bilan birgalikda bir oy muddatda obekt barça inşootlari, asosiy vositalari (mexanizmlar, avtotransport vositalari) va tovar-moddiy boyliklari töliq xatlovdan ötkazilib, belgilangan tartibda topşirilişi va qabul qilinişini ta'minlaş topşirildi.
«Özbekgidroenergo» AJga:
a) 2021 yil davomida obekt boşqaruv tizimini öz içiga oluvçi suv resurslarini boşqariş, obekt texnik holati işonçliligini kuzatiş işlarini muntazam amalga oşirişga qaratilgan nazorat-ölçaş va seysmik xavfsizlik qurilmalari, lokal xabar beriş tizimini avtomatlaştiriş hamda qöriqlaş muhandislik-texnik vositalari bilan jihozlaş işlari amalga oşirilişini;
b) obektdan foydalanişda:
uning xavfsiz va işonçli işlaşini, jumladan suvni töplaş va çiqarişda suv omboridan foydalaniş qoidalariga qat'iy amal qilinişini;
suv omboridan Gidrometeorologiya xizmati markazi ma'lumotlari va örtaça köp yillik suv sarflariga köra işlab çiqilgan va Suv xöjaligi vazirligi bilan kelişilgan jadval asosida suv çiqarilişini;
suv hisobi va hisoboti «Töpolang GESlar kaskadi» UK tomonidan amalga oşirilişini hamda ma'lumotlar tizimli ravişda Suv xöjaligi vazirligiga taqdim etib borilişini ta'minlaş topşirildi.
















