Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda fuqaro va YPX xodimi o‘rtasidagi janjalga rasmiylar izoh berdi

Andijon | Kun.uz sahifasi orqali Andijonda fuqaro va YPX xodimi o‘rtasidagi janjal aks etgan video haqida xabar bergan edik.
Mazkur video 2021 yilning 9 aprel kuni soat 19:30 lar chamasida Andijon shahrining Navoiy shox ko‘chasida piyoda fuqaro tomonidan tasvirga olingan. Bu haqda viloyat IIB YHXB matbuot guruhi xabar bermoqda.
Andijon viloyati IIB YHXB rahbariyati tomonidan tasdiqlangan taqsimotga asosan, Andijon shahrida tungi xizmat olib borishga jalb etilgan YPX katta inspektori katta serjant A.Maxmudov tomonidan qora rangli, "Neksiya-3" rusumli avtomashina oynalari qoraytirilganligi (oldi oynalarigacha tanirovka tortilgani) sababli to‘xtatilgan.
Tekshiruv vaqtida, haydovchi o‘zboshimchalik bilan tegishli ruxsatnomasi bo‘lmagan holatda oyna tusini o‘zgartirib, tonirovka tortib olganligi, shuningdek haydovchining muqaddam sodir etgan turli xildagi huquqbuzarlik holatlari yuzasidan jami 10 mln. so‘mdan ortiq jarima qarzdorligi mavjud ekanligi aniqlangan.
Holat yuzasidan tushuntirishlar berilib, avtomashinani jarima maydoniga olib kirish vaqtida, haydovchi - Andijon shahrida yashovchi A.Sh. xodimlarning qonuniy talabiga bo‘ysunmasdan qarshilik ko‘rsatgan. Viloyat IIB PPXvaJTSB hamda Milliy gvardiya xodimlari yordamga kelgan.
Haydovchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 126-moddasi 3-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomashina vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga olib kiritilishi ta'minlangan.
Haydovchi tomonidan xizmat vazifasini bajarayotgan ichki ishlar xodimlarining qonuniy talabiga buysunmaslik, haqorat qilish kabi holatlari yuzasidan qonuniy chora ko‘rilishi ta'minlash uchun Andijon shahar IIO FMB mas'ul xodimlari tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Yangi O‘zbekistonda daraxtlar suvsizlikdan qurib boryapti
O‘zbekiston | 15:21 / 02.08.2025
Toshkentdan Chorvoqqa yangi avtomobil yo‘li quriladi
O‘zbekiston | 10:44 / 02.08.2025
Voyaga yetmagan shaxs «sudlanmagan» deb hisoblanishi belgilanmoqda
O‘zbekiston | 23:00 / 01.08.2025
Andijonda alimentdan qochib yurgan erkak hiyla bilan tuzoqqa tushirildi
Jamiyat | 22:24 / 01.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hukumat “Sea Breeze Uzbekistan” qurilishini tasdiqladi
O‘zbekiston | 23:49 / 04.08.2025
-
Adijonda o‘qituvchilar ta’mirlagan maktabning direktori ishdan bo‘shatildi
O‘zbekiston | 23:42 / 04.08.2025
-
Isroilda Netanyahu ishini olib borayotgan bosh prokuror iste’foga chiqarilishi mumkin
Jahon | 23:20 / 04.08.2025
-
Rossiya yadroviy raketalarini yana Yevropaga qaratishini ma’lum qildi
Jahon | 23:06 / 04.08.2025
Mavzuga oid

14:30 / 04.08.2025
Andijonda qaynukasining mashinasini yoqib yuborgan sobiq kuyovga jinoyat ishi ochildi

22:24 / 01.08.2025
Andijonda alimentdan qochib yurgan erkak hiyla bilan tuzoqqa tushirildi

14:28 / 31.07.2025
Toshkentdan Samarqand va Andijonga pulli yo‘llar qurilishi 2026 yilda boshlanishi mumkin

21:49 / 29.07.2025