Pentagon mutaxassislari organizmda koronavirus alomatlari paydo bölgunça virusni aniqlovçi mikroçip yaratişdi. Ta'kidlanişiça, çip yordamida virusni qonga tuşganidan keyin 3-5 daqiqa içida aniqlaş mumkin böladi.  

Daily Mail naşrining xabar berişiça, AQŞ mudofaa vazirligining istiqbolli tadqiqot loyihalari harbiy agentligi vakillari yangi mikroçip işlab çiqilganini ma'lum qilişgan. Çip qon tarkibini kuzatişga imkon beradi va organizmga koronavirus tuşişi bilan darhol bu haqida darak beradi.  

Harbiy infeksionist şifokor, iste'fodagi polkovnik Mett Xepbernning tuşuntirişiça, qurilma matosimon gel körinişida bölib, u teri ostiga örnatilgandan keyin qon tarkibini doimiy ravişda tekşirib turadi. Koronavirus aniqlanişi bilan u bu haqida signal beradi.  

“Siz uni teri ostiga kiritasiz va u organizmingizdagi kimyoviy reaksiyalar haqida ma'lum qiladi. Agar signal olsangiz, unda buning ertasigayoq sizda koronavirus belgilari paydo bölişi mumkin”, deb aytgan mutaxassis. 

Xepbernning ta'kidlaşiça, çip yordamida organizmda virus borligi haqidagi axborotni u qonga tuşgandan keyin 3-5 daqiqa içida oliş mumkin. Şu tariqa, koronavirus bir zumda aniqlanadi va bu davolaş samaradorligini oşirişga imkon beradi. 

Mutaxassisning ta'kidlaşiça, Pentagon çip yordamida odamlarning harakatlanişi hamda ular haqida boşqa bir ma'lumot töplaş niyatida emas. Ta'kidlanişiça, qurilmani işlab çiqiş işlari deyarli yakunlanib qolgan.