Qarşi davlat universiteti talabasi öqituvçisi imtihondan ötişi uçun pul söragani sababli özini osgani aytilmoqda. Boş prokuratura Jamoatçilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bölimi boşliği Hayot Şamsutdinovning xabar berişiça, bu iş Qarşi tumani prokuraturasi tomonidan örganilmoqda.

Ma'lum qilinişiça, joriy yil fevral oyida Qarşi davlat universiteti fizika-matematika fakultetida tölov-kontrakt asosida ikkinçi kursda tahsil olayotgan talaba özini osib, joniga qasd qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qarşi tumani prokuraturasi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruv natijasiga köra, 2021 yil 27 fevral kuni jinoyat işini qözğatişni rad qiliş töğrisida qaror qabul qilingan.

Şundan söng ijtimoiy tarmoqlarda talaba qişki sessiya imtihonlaridan ötolmagani, uning imtihondan ötişi uçun öqituvçi katta miqdorda pora talab qilgani va aynan şu holat marhumning öz joniga qasd qilişiga sabab bölgani haqidagi taxmin ilgari surilgan. Bu haqda tarqalgan xabarlarda hodisa örganilmasdan, bosti-bosti qilib kelinayotgani ham aytilgan.

«Şunga köra, mazkur vajni örganiş maqsadida Qarşi tumani prokuraturasi tomonidan qöşimça tergovga qadar tekşiruv harakatlari ötkazilmoqda. Natijalari haqida qöşimça xabar qilinadi», – deyiladi Şamsutdinovning xabarida.