Umumiy tarixga ega bölgan ikki slavyan davlati

Tarixga nazar solsak, Ukraina aslida Rossiyaning ona vatani bölib, ilk rus davlatçiligi va slavyan xalqlarining pravoslav diniga kirişlari aynan şu hududdan boşlanadi. Keyinçalik hududlarning kengayişi va bosqinçilik uruşlari natijasida aslida bir ildizga ega bölgan ikki millat şakllanadi.

Şarqiy Yevropaga möğullarning bosqinçilik yurişlari ikki davlatning şakllanişida muhim omil bölgan. Aynan möğul-tatar yurişlaridan keyin umumiy madaniyat va tarixga ega bölgan hududlarda ikki xil mafkura va madaniyat şakllana boşladi. Ruslar möğul va turkiy xalqlar bosqinlaridan keyin pravoslav madaniyati asosida şakllandi. Bu jarayon Ukrainada biroz boşqaça keçdi. Kiyev va qator şaharlar Buyuk Litva knyazligi tasarrufiga ötib ketadi. Undan keyingi davrlarda polyak, şved va Avstriya ta’siri ostida bölgan Ukraina davlati ham katolik, ham pravoslav madaniyati ta’sirida şakllandi.

Aynan şu omillar bir ildizga ega ikki slavyan davlati paydo bölişiga zamin yaratdi. Ukraina geografik jihatdan ikki sivilizatsiya kesişmasida joylaşgani (ya’ni Ğarbiy Ukraina katolik sivilizatsiyasi, Şarqiy Ukraina esa pravoslav madaniyati ostida) mamlakatning ikkiga bölinib ketişiga va Rossiyaning doimiy ravişda Şarqiy Ukrainaga da’vo qilişiga sabab bölmoqda.

Sobiq ittifoq parçalanişidan keyingi munosabatlar

Kiyevdagi Oktabr inqilobi maydonida Ukraina mustaqilligi tarafdorlari mitingi, 1991 yil avgust
Repik Vladimir / UPG / PhotoXPress

SSSRdagi iqtisodiy-siyosiy nizolar natijasida Ukraina ham 1991 yilning 24 avgustida öz mustaqilligini e’lon qildi. Rossiya bilan 1992 yilning 14 fevralida diplomatik aloqalar örnatildi va har ikki davlatda elçixona hamda konsullik bölimlari oçila boşlandi. 1997 yilda ikki davlat prezidentlari Boris Yelsin va Leonid Kuçma örtasida «Döstlik va strategik hamkorlik töğrisida» şartnoma imzolangan. Şu bilan bir qatorda, Qrim yarimoroli va Sevastopol şahri xususidagi kelişuv ham imzolangan bölib, unga köra, Moskva Qrim va Sevastopol Ukrainaga tegişli hududlar ekanini tan oladi. Ammo rus jamiyati buni qabul qila olmadi.

Mustaqillikdan keyingi yillarda Rossiyadagi iqtisodiy turğunlik va Ukrainaning qulay geografik joylaşuvi uni Ğarb mamlakatlari bilan hamkorlik aloqalarini yaxşilaşga undaydi. Asrning dastlabki yillarida mamlakatga köplab Ğarb taşkilotlari ham kirib kelişi kuçaydi. 2004 yildagi «Zarğaldoq inqilobi»dan keyin hokimiyatga ğarbparast kuçlarning kelişi Rossiya-Ukraina munosabatlaridagi jiddiy keskinlik davrini boşlab berdi.