14 aprel kuni Nukus şahrida yangidan foydalanişga topşirilişi rejalaştirilgan 3 ta masjidning qurilişi boşlandi. Bu haqda Qoraqalpoğiston musulmonlari qoziyati xabar berdi.
Masjidlarning tamal toşini qöyiş marosimida Vazirlar Kengaşi raisi örinbosari Erkinbay Durdiyev Qoraqalpoğiston musulmonlari qoziyati qozisi Şamsuddin domla Bahauddinov va Nukus şahri hokimi Utemurat Panayevlar iştirok etişgan.

Qayd etilişiça, yangi masjidlar Nukusning «Qum aöil», «Allaniyaz qaharman» va «Samanbay» MFYlarida quriladi.
Kun.uz muxbiriga ma'lum bölişiça, masjidlarning har birida kamida 100 nafar namozxon ibodat amallarini qilişi mumkin. Masjidlar homiylar mablağalari hisobidan qurilmoqda. Şu bilan Nukusdagi masjidlar soni 7 taga yetadi.

Eslatib ötamiz, oldinroq homiylar mablağlari evaziga Beruniydagi 10 mingga yaqin aholiga xizmat qiladigan masjid qurilişi haqida xabar bergandik.
















