Ulkan bunyodkorlik işlari bilan tanişuv Samarqand xalqaro aeroportidan boşlandi. Davlat rahbari 2019 yili viloyatga taşrifi çoğida uşbu «havo bandargohi»ni modernizatsiya qiliş böyiça körsatmalar bergan edi.
Loyiha doirasida yangi terminal, uçiş-qöniş yölagi, turargoh va boşqa obektlar barpo etilişi belgilangan. Bugungi kunda uzunligi 3105 va eni 60 metr bölgan uçiş-qöniş yölagi qurilişi tugallanib, yoritiş-signal çiroqlari va aeronavigatsiya uskunalari örnatilmoqda.
Prezident dastlab xalqaro aviatsiya standartlari asosida qurilgan uçiş-qöniş yölagini közdan keçirdi.

Yangi terminal zamonaviy dizaynga, bir soatda 800 nafar yölovçiga xizmat körsatiş quvvatiga ega böladi. Ilgari bu körsatkiç 400 nafar edi.
«Odamlarga qulaylik yaratiş asosiy maqsad bölişi kerak. Buning uçun «aqlli texnologiyalar»ni qöllaş, xizmatlarni arzon, sifatli, tezkor qiliş zarur», – dedi Şavkat Mirziyoyev.

Turli kattalikdagi samolyotlar uçun 24ta turargoh barpo etilmoqda. Şundan uçtasi «havo kemalari»ga muzlaşga qarşi işlov beriş uçun möljallangan böladi.
Aeroportda kargo xizmati ham yölga qöyiladi. Davlat rahbari bu masalaga alohida töxtalib, yuk taşiş raqobatbardoşligini oşiriş böyiça körsatmalar berdi.

«Kargo barqaror va manfaatli bölişi uçun doimiy yuk kerak. Buning uçun samolyotlarga xizmat körsatiş, yuklarni ortiş va yetkazib berişni arzon va tez yölga qöyib, boşqa aviakompaniyalarni jalb etiş zarur. Bundan taşqari, viloyatda eksportbop meva-sabzavotlarni köpaytirib, ularni şu kargo orqali jahon bozoriga çiqariş mumkin», – dedi prezident.

Yangi aeroportni joriy yil sentyabrda foydalanişga topşiriş rejalaştirilgan. Şundan söng, u «oçiq osmon» rejimida töliq işlay boşlaydi. 1000 kişi iş bilan ta'minlanadi.

















