Prezident Samarqand xalqaro aeroportida yangi uçiş-qöniş yölagi va yangi aeroport qurilişini sentabr oyigaça töliq yakunlaş böyiça topşiriq berdi.
«Biz Samarqanddagi imkoniyatlarimizdan yetarliça foydalana olmayapmiz. Kelganimizga yaraşa Samarqand salohiyatini uyğotib ketişimiz kerak. Agar Imom Buxoriy majmuasidek, Registon maydonidek majmualar boşqa davlatda bölganida edi, bundan ustalik bilan foydalanişardi. Biz şunday imkoniyatdan foydalana olmayapmiz.
Aeroport qurilişini olib boryapmiz. Lekin u körgazma uçun bölmasligi kerak, aviaqatnovlar hajmini 10 barobar oşirişimiz kerak. Mana oddiy misol – mart oyida fevralga nisbatan 5 barobar köp – 150 ming sayyohlar kelgan.
Buyuk olim va hadisşunos bobomiz Imom Buxoriy hazratlari majmuasini, bu uluğ zotning butun islom olamidagi yuksak obro‘ va maqomlariga munosib tarzda, qaytadan quriş işlarini boşladik. Bu yerda 10 ming örinli masjid, 21 gektar maydonda uluğ ajdodlarimizning diniy merosi va moddiy madaniy meros obektlarini aks ettiruvçi tematik xiyobon, 3ta mehmonxona va 24ta oilaviy mehmon uylaridan iborat, ziyorat turizmi majmuasi barpo etiladi.
Urgut, Nurobod va Jomboy tumanlarida ham turizm klasterlari taşkil etiladi. Mahkamov, Turdimov Samarqand xalqaro aeroportida yangi uçiş-qöniş yölagi va yangi aeroport qurilişini sentabr oyigaça töliq yakunlasin», deya prezidentning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
















