Ğolib 15 aprelda onlayn-marosimda e'lon qilindi.

Foto: Mads Nissen/Politiken/Panos Pi via EPA-EFE

2020 yil avgustida olingan «Ilk quçoq» deb nomlangan suratda San-Pauludagi qariyalar uyi hamşirasining u yerda yaşovçi 85 yoşli Roza ismli ayolni sellofan parda orqali bağriga bosayotgani tasvirlangan.

Pandemiya sababli mart oyidan Braziliyadagi barça qariyalar uyi taşriflar uçun yopilgandi, u yerdagi xodimlarga esa qariyalar bilan aloqani minimallaştirişga töğri kelgan. Öşanda qariyalar uyida uşbu muammoni hal qilişning antiqa yöli topildi: buning uçun «quçoqlar» uçun xavfsiz sellofan tösiq öylab topildi. U keksalarga öz yaqinlarini yana bağirlariga bosiş imkonini berdi va butun dunyoda ommalaşib ketdi.

«Uşbu surat hayotimizning eng antiqa onlarini abadiy muhrlaydi. Unda men ham zaiflik, ham muhabbat, ham yöqotiş, ham hijron, ham ölim va eng asosiysi, omon qolişga intilişni körmoqdaman. Va buning barçasi bir suratda aks etgan. Agar suratga uzoq tikilib tursangiz, unda parvoz va umid ramzi bölgan qanotlarni körişingiz mumkin», deb aytgan tanlovning hakamlar hay'ati a'zosi Kevin Li.

 World Press Photo fotosuratçilarning 1955 yildan öz tarixiga ega eng nufuzli xalqaro tanlovi hisoblanadi. Uning maqsadi fotojurnalistika va fotodokumentalistikada eng yuqori standartlarni rivojlantiriş hisoblanadi. Joriy yilda hakamlar hay'ati a'zolari butun dunyodan 4,3 ming fotosuratçi tomonidan olingan 74,5 ming suratni körib çiqişgan. Turli yönalişlar böyiça ğoliblar qatoridan 28ta davlatdan 45 fotosuratçi joy olgan. Ularning suratlari 17 aprelda Amsterdamda oçiladigan va keyinroq dunyoning 100dan köproq şahrida ötkaziladigan World Press Photo körgazmasi uçun asos böladi.