15 aprel kuni «Özkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati tomonidan jurnalist va blogerlar uçun Toşkent viloyati Angren şahridagi şina zavodiga press-tur taşkil qilindi.

Rasmiy nomi «Birinçi rezinotexnika zavodi» MÇJ bölgan bu zavod 2014 yilda taşkil etilgan. 2018 yilda esa zavodda birdaniga avtomobil va qişloq xöjaligi şinalari, rezina-mato va rezina-simli konveyer lentalari işlab çiqariş ham yölga qöyilgan.

Ma'lumot berilişiça, hozirga kelib şinalar va konveyer uçun lentalar ham işlab çiqarayotgan zavod Germaniya, Gollandiya, Italiya, Yaponiya va Xitoydan olib kelingan zamonaviy uskunalarga ega.

Zavodning rejalaştirilgan işlab çiqariş quvvati 3,0 million dona avtomobil şinalari, 200 ming dona qişloq xöjalik şinalari va 100 ming pogon metr konveyer lentalarini taşkil etadi.

2019 yildan bugungi kunga qadar korxona tomonidan qiymati 266 mlrd söm bölgan 704,1 ming dona avtomobil şinalari, 16,9 ming dona qişloq xöjaligi şinalari va 72,9 ming pogon metr konveyer lentalari işlab çiqarilgan.

Nima uçun yangi qurilgan korxona mahsulotlari xaridorgir bölib ketmayapti?

Sayohat davomida jurnalist va blogerlar zavod direktori Ğulomjon Ibragimovga uşbu savol bilan ham murojaat qilişdi.

Zavod direktori esa yöl-yölakay savolga quyidagiça javob berdi:

«Biz hali yangi zavodmiz. Butun dunyoda 14 ta yirik korxona mavjud. Bu yirik korxonalarning ayrimlarida, 27 ta davlatda 67 tadan zavodlari bor. Ikkinçi örinda turuvçi zavodning 47 ta zavodi bor.

Bu korxonalar har yili bozorda mahsulot sotiş va öz mahsulotini uşlab turiş uçun 18 tadan 107 tagaça yangi turdagi şina işlab çiqadi.

Bu holatni Yevropa, Amerika, Yaponiya va MDH davlatlari işlab çiqaruvçilarining barçasida köriş mumkin.

Ğulomjon Ibragimov, Angren şina zavodi direktori

Zavodimizga 2015 yilda asos solingan, 2019 yilda Davlat komissiyasiga topşirilgan. Biz bozorga 2015 yildagi protektor bilan kirib keldik. Şuning oqibatida bizda mahsulotlarni sotişda muammolar yuzaga keldi.