Farğona viloyat hokimligi moliya-iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça kotibiyat mudiri vazifasini bajaruvçi bölib işlab kelgan Jahongir Jumanov Furqat tumaniga yangi hokim etib tayinlandi.
Viloyat hokimligi xabariga köra, bugun bölib ötgan xalq deputatlari tuman kengaşi sessiyasida viloyat hokimining tegişli qarori muhokamaga qöyildi va deputatlar tomonidan bir ovozdan ma'qullandi.
Jumanov Jahongir 1982 yilda Farğona tumanida tuğilgan. Farğona politexnika institutining tarmoqlar iqtisodiyoti böyiça magistraturasini tamomlagan.
U köp yillar viloyat moliya tizimida va viloyat hokimligida turli mas'ul lavozimlarda faoliyat olib borgan. 2019-2021 yillarda Oltiariq tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari lavozimida işlagan.
Furqat tumanining avvalgi hokimi Dilmurod Soliyev joriy yil 13 aprel kuni prezident raisligida bölib ötgan videoselektor yiğilişi çoğida işdan olingandi. Yiğilişda Dilmurod Soliyev bilan birga Surxondaryo viloyati hokimining yoşlar masalalari böyiça örinbosari Çori Begimqulov hamda Uluğnor tumani hokimi Doniyor Maxsudov yoşlar bilan işlaşni lozim darajada taşkil etmagani uçun işdan ketgandi.

















