Samarqand viloyati Samarqand tumanida spirtli içimlik ta'sirida mast bölgan ota farzandini körsatişni xohlamagan sobiq qaynonasini öldirgan. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, 2021 yil 19 aprel kuni Past Darğom tumanida yaşovçi A.B. mast holatda sobiq turmuş örtoği Ş.R.ning Samarqand tumani, «Qaynama» mahalla fuqarolar yiğinidagi uyiga farzandini körişga borganda, qaynonasi A.G. uning farzandi bilan uçraşişiga qarşilik qilgan.

Şundan söng ular örtasida özaro janjal yuzaga kelgan. Janjal davomida A.B. özi bilan olib kelgan öroq bilan marhumaning kökrak va bel sohalariga qasddan urib, hayoti uçun xavfli bölgan tan jarohati yetkazgan. Oqibatda A.G. hodisa joyida vafot etgan.

Qayd etilişiça, voqea joyiga viloyat prokurori R.Maşaripov, uning birinçi örinbosari X.Qobulov, Samarqand tuman prokurori J.Sanayev, tuman IIB boşliği A.Toşev hamda boşqa tezkor-tergov guruhi a'zolari yetib borişgan.

Samarqand tuman prokurori tomonidan fuqaro A.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, u himoya huquqi ta'minlangan holda Jinoyat-protsessual kodeksning 221-moddasi tartibida uşlangan.

Ta'kidlanişiça, hozirda jinoyat işi böyiça Samarqand tuman prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Jinoyat işi tergovi viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olindi.