Maktabgaça ta'lim vazirligi axborot xizmati rahbari Samarqand viloyatida olib borilgan örganişlar natijasi töğrisida ma'lumot berdi.
Maktabgaça ta'lim vazirligining işçi guruhi 2 hafta mobaynida Samarqand viloyatidagi bir neçta MTTlar faoliyatini örgandi. Örganişlar jarayonida boğçalardagi ayrim tarbiyaçi-pedagoglar öz xizmat vazifasini töliq bilmasligi, soğlom ovqatlantiriş me'yorlariga rioya etilmayotgani, ta'lim-tarbiya jarayonlari yaxşi yölga qöyilmagani, bolalarni yöllanmalar asosida maktabgaça ta'lim taşkilotlariga qabul qilişdagi xato va noqonuniy xatti-harakatlar aniqlandi.
Masalan, 58-sonli DMMTda 141 nafar tarbiyalanuvçi töğrisida ma'lumot taqdim etilgan, ammo amalda 186 nafar tarbiyalanuvçi borligi, muassasada sanitariya-epidemiologiya qoidalariga rioya etilmaganligi aniqlandi. Boğçaning 8 nafar tarbiyalanuvçisi ketgan bölişiga qaramay, OpenEmis tizimidagi tarbiyalanuvçilar röyxatidan öçirilmagan. Bu, öz navbatida, böş örinlarning şakllantirilmasligiga hamda guruhlarga bolalar noqonuniy qabul qilinişiga zamin yaratgan.
7-MTTga taşrif buyurgan işçi guruh ta'minotçi tomonidan MTTga sariyoğ örniga “Spred” (sut yoği örnini bosuvçi modda) mahsuloti olib kelingani aniqlagan va işçi guruh tomonidan bu mahsulot tabiiy sariyoğga almaştirildi.
31-MTTda işçi guruhning tasodifiy taşrifi davomida oşpaz tomonidan pişib turgan ovqatga xom tovuq göşti solib yuborilganiga guvoh bölindi.
38-MTT binosida qulflangan xona borligi, unda 20ta bolalar karavoti va 10 nafar bola borligi aniqlandi. OpenEMIS tizimida 14ta guruhda 348 nafar bola bölib, haqiqatda 12ta guruhda 275 nafar bolani taşkil etmoqda, ularning 29tasida yöllanmalar mavjud emas.
Tekşiruvlar natijasida aniqlangan kamçiliklar yuzasidan Maktabgaça ta'lim vazirligi, viloyat maktabgaça ta'lim tizimi xodimlari iştirokida tanqidiy-tahliliy yiğiliş ötkazilib tegişli çoralar körilişi yuzasidan tavsiyalar berilgan.

















