Davlat statistika qömitasi ma'lumotlariga köra, 2021 yilning yanvar-mart oylarida 44 ming 454 dona avtomobil işlab çiqarilgan. Bu ötgan yilning mos davri bilan taqqoslanganda 41,2 foizga kam hisoblanadi.

Ma'lumot uçun, 2020 yil yanvar-mart oylarida 75 ming 635 dona avtomobil işlab çiqarilgan.

Eng katta kamayiş Spark işlab çiqarişda qayd etilib, 78,2 foizni taşkil qilmoqda. Şuningdek, Nexia T-250 işlab çiqariş ham 66,4 foizga pasaygan.

«Özavtosanoat» boşqaruv raisi örinbosari Azizbek Şukurov Oliy Majlis deputatlari va ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uçraşuvda kompaniya 2020 yilda Spark va Nexia işlab çiqarişdan 550 mlrd söm pul yöqotganini aytib ötgandi. Uning sözlariga köra, öz navbatida qimmat maşinalardan 500 mlrd söm foyda körilgan. Ayni paytda zararga işlaydigan avtomobil modellarini işlab çiqarişda eng katta pasayiş bölayotganini kuzatiş mumkin.

Zavodda işlab çiqariş jarayonining pasayişi yanvar oyidan boşlangan edi. Joriy yilning dastlabki oyida işlab çiqariş jarayoni 4,2 barobarga qisqargan. Bu pasayiş dekabr–yanvar oylarida Asakadagi zavodda işlarning töxtatilişi bilan izohlangan.

Fevral oyiga kelib, işlab çiqariş jarayoni jonlana boşlagan va yanvar oyiga nisbatan 4 barobar köpaygan. Ammo 2020 yilning mos davri bilan soliştirilganda bu körsatkiç pastligiça qolgan.

Kompaniyaning Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, işlab çiqarişning kamayişiga pandemiya sabab butun dunyoda keçayotgan yarimötkazgiçli mahsulotlarning tanqisligi sabab bölgan. Şu sabab işlab çiqariladigan avtomobillarni yetkazib beriş muddatlari ma'lum davrga çözilişi mumkinligi aytilmoqda.

Yanvar oyida «Özavtosanoat» yangi avloddagi Tracker’ning LT modifikatsiyasi narxi 222 mln söm bölişini