Avvalroq onlayn auksiondan köçmas mulk sotib olib, Jizzaxdagi sudyalarning mantiqsiz qarorlari sabab muammolar girdobiga kirib qolgan tadbirkor ayol Gyunel Aliyevaning huquqlari Oliy sudda tiklangan bölişiga qaramay, Jizzaxdagi sudlarda navbatdagi «közböyamaçiliklar» boşlangani haqida yozilgandi.

Xususan, maqolada bino nizoli bölib turgani hamda uning Rustam Ahatovga sotilişi yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilayotgan bölişiga qaramay, FIB Jizzax tumanlararo sudi 2021 yil 19 yanvar kuni uşbu da'vo arizasini qisman qanoatlantirib, javobgarga binoni davlat röyxatidan ötkaziş majburiyatini yuklaş töğrisida hal qiluv qarori çiqargani, bundan norozi bölgan Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyat boşqarmasi nizoli bölib turgan binoni ayni vaqtda Rustam Ahatov nomiga röyxatdan ötkaziş imkonsizligi tufayli uşbu hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya şikoyati keltirgani, biroq viloyat sudi ham 2021 yil 4 mart kungi ajrimi bilan yuqoridagi hal qiluv qarorini özgarişsiz qoldirgani töğrisida söz yuritilgan.

Şuningdek, bu yerda eng e'tiborli jihat – Oliy sud fuqarolik işlari böyiça sudlov hay'atining 2021 yil 16 fevraldagi ajrimida auksion ğoliblik bayonnomasini rasmiylaştirişda qonun talablari buzilgani holatlari mavjud emas, deyilgan va bu ajrim FIB Jizzax viloyat sudiga taqdim etilgan bölsa-da, viloyat sudi öz bilganidan qolmay, Oliy sud tomonidan çiqarilgan ajrimning mazmuniga zid bölgan qaror qabul qilganiga alohida urğu berilgan.

Ma'lum bölişiça, uşbu voqealardan keyin Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyat boşqarmasi FIB Jizzax tumanlararo sudining 2021 yil 19 yanvar kungi hal qiluv qarorini yangi oçilgan holat böyiça qayta körişni sörab şu sudga ariza beradi.

2021 yil 19 mart kuni sud ajrim çiqarib, Oliy sudning 2021 yil 16 fevraldagi ajrimiga asosan arizani qanoatlantiradi, ya'ni yuqoridagi hal qiluv qarorini bekor qiladi va işni qayta körişga tayinlaydi. 

FIB Jizzax tumanlararo sudi işni qayta körib, 2021 yil 29 mart kungi yangi hal qiluv qarori bilan da'vogar Rustam Ahatovning javobgar Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyat boşqarmasiga nisbatan noturar joy binosini davlat röyxatidan ötkaziş majburiyatini yuklaş haqidagi da'vo arizasini qanoatlantirişni rad etadi.