Prezident “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va bandligiga ko‘maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
Moliya vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda:
- tibbiyot muassasalaridagi samarasiz hamda ko‘p yillardan buyon foydalanilmayotgan lavozimlar o‘rniga o‘rta tibbiyot xodimlaridan iborat bo‘lgan “tibbiyot brigadalari”ni tashkil qilish hamda ijtimoiy xodimlar faoliyatini kengaytirish uchun 20 mingta qo‘shimcha shtat birliklarini ajratadi;
- bir oy muddatda tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston prezidenti qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

















