«Hamkasbim Gulyuz opa bilan soğlom turmuş tarziga rioya qilib, tuşlik vaqtida Anhor böylab sayr qilişga harakat qilamiz. Bugun navbatdagi sayr davomida suvda oqib ketayotgan inson jasadini körib qoldik. Avvaliga közimizga işonmadik, lekin bunga amin bölgaç, xayolimizga kelgan ilk qaror Favqulodda vaziyatlar vazirligining 1050 Qutqaruv xizmatiga murojaat qiliş böldi. Ularga qönğiroq qilib jasad anhorning qaysi joyida ekanligini amallab tuşuntirdik.

Eng hayratlanarli tomoni Qutqaruv xizmatidagilar bizni GPS orqali topib, zudlik bilan yordamga oşiqişdi. Yarim soat davom etgan jasadni közdan yöqotmaslik jarayonida xayolimizga kelgan yagona öy – bu inson kimningdir oila a'zosi, kimningdir otasi, turmuş örtoği va farzandi ekanligi va uning bu ahvolda ekanligini hali ular bilmasligida böldi», deb yozadi Laylo Rustamova Facebook’dagi sahifasida.

«Voqea joyiga yetib borgan Şayxontohur tumani prokurori rahbarligidagi tezkor tergov guruh tomonidan murdani közdan keçiriş jarayonida unda kuç işlatiş holatlari va tan-jarohatlari aniqlanmagan.

Marhumning ölimi sababini aniqlaş maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Holat yuzasidan tergov oldi tekşiruv harakatlari olib borilmoqda», deyiladi Boş prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Şamsuddinov tomonidan berilgan bayonotda.

Qayd etilişiça, suriştiruv harakatlari davomida joriy yil 21 aprel kuni qöl barmoq izlarini tekşiriş orqali murdaning şaxsi aniqlangan. Jasaddan olingan barmoq izlari Yunusobod tumanida yaşagan 42 yaşar erkakka tegişli ekani aniqlangan.

Avvalroq Namanganda maktab öquvçisi bölgan qizning jasadi kanaldan topilgani, uni kelinoyisi suvga itarib yuborgani gumon qilinayotgani, Katta Farğona kanalida çökib ketgan 16 yoşli yigitning jasadi 2,5 oydan söng topilgani, Qibrayda sayohat jomadonidan erkak kişining jasadi topilgani xabar qilingan edi