Çexiya Rossiyaga ultimatum qöydi: Moskvadan Rossiyadan çiqarib yuborilgan barça diplomatlarni ortga qaytariş talab qilinmoqda.

Çexiya taşqi işlar vaziri Yakub Kulganek Moskvani bu talabni 22 aprel soat 12:00gaça bajarişga çaqirdi. Aks holda Praga rossiyalik boşqa diplomatlarni çiqarib yuborişga va'da bergan.

Avvalroq Çexiya Rossiya maxsus xizmatlarini 2014 yilda öq-dori omborxonasidagi portlaşga aloqadorlikda gumonlab, rossiyalik 18 nafar diplomatni mamlakatdan çiqarib yuborişga qaror qilgandi.

Bundan taşqari, Çexiya hukumati «Rosatom»ni Dukovani atom elektr stansiyasining yangi energiya bloki qurilişi böyiça tenderdan çiqarib yuborişini ma'lum qildi.

Bunga javoban Rossiya taşqi işlar vazirligi 20 nafar çexiyalik diplomatni «persona non grata» deb e'lon qildi.