“Çuqursoy texnik idora” temir yöl çegara bojxona posti xodimlari tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati çegara qöşinlari bilan hamkorlikda bojxona postiga xorijdan kirib kelgan temir yöl vagonlari örnatilgan tartibda bojxona nazoratidan ötkazildi. Natijada, poyezd tarkibidagi vagon ğildiragi orqa tag qismiga ustamonlik bilan yaşirilgan 2 ta qora rangli polietilen paketlar bojxona xodimlarining diqqatini tortdi.

 Mazkur polietilen paketlar közdan keçirilganda, ularning içida 8000 dona “Tramadol Lannaxer 50 mg” nomli dori vositalari borligi aniqlandi.

Bundan taşqari, Andijon viloyati bojxona boşqarmasi Kontrabandaga qarşi kuraşiş va bojxona auditi bölimi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati Andijon viloyati boşqarmasi bilan hamkorlikda ötkazgan navbatdagi tezkor tadbir davomida fuqaro M.M. boşqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtotransport vositasi töxtatilib, belgilangan tartibda közdan keçirilgan.

 Natijada, avtotransport vositasining yukxonasida fuqaro M.M.ga tegişli bölgan, umumiy qiymati 66,5 million sömlik xorijda işlab çiqarilgan 770 dona “Lirika 300 mg” nomli va 560 dona “Regapen 300 mg” nomli kuçli ta'sir qiluvçi dori vositalari borligi aniqlanib, aşyoviy dalil tariqasida vaqtinça saqlovga olindi.

 Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan suriştiruv harakatlari davom ettirilmoqda.