Samarqand davlat universiteti va Samarqand davlat çet tillar instituti karantinga yopilgan. Bu haqda har ikkala oliy ta'lim muassasasining axborot xizmatlari xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, sönggi kunlarda mamlakatimizda koronavirus bilan kasallaniş holati köpayayotgani bois, har ikkala oliy ta'lim muassasasi talabalari orasida Covid-19 bilan kasallaniş holati aniqlangan.

Şu sababli, 2021 yilning 22 aprel kunidan boşlab, Samarqand davlat çet tillar instituti 14 kunga karantinga yopilgan. Öquv jarayoni masofaviy (onlayn) şaklga ötkazilgan.

Samarqand davlat universiteti esa 21 apreldan boşlab 14 kunlik karantinga yopilgan va öquv jarayoni masofaviy (onlayn) şaklga ötkazilgan.

Qayd etilişiça, har ikkala oliy ta'lim muassasasida epidemiologik vaziyat barqarorlaşgaç, an'anaviy öquv jarayoniga qaytiladi va bu haqda ularning rasmiy sahifalarida xabar beriladi.

Ma'lumot uçun, Samarqand davlat arxitektura-quriliş instituti va Samarqand veterinariya meditsinasi instituti 2021 yil 21 apreldan 14 kunga karantinga yopilgan. Öquv jarayonlari masofaviy (onlayn) şaklga ötkazilgan. Avvalroq esa, TATU Samarqand filiali, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, şuningdek, Samarqand şahridagi 30dan oşiq maktab 14 kunga karantinga yopilgan va öquv jarayoni masofaviy şaklga ötkazilgandi.