Suriyadagi prezidentlik saylovlarida ilk bor ayol kishi qatnashadi
Damashqlik Faten Ali Nahar ismli 50 yoshli ayol Suriyada 26 may kuni bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida qatnashish uchun ariza topshirgan. Bu mamlakatdagi eng yuqori lavozimga ko‘rsatilgan birinchi ayol nomzod hisoblanadi.

Mamlakat parlamenti spikeri Hammud Sabbagning ma'lum qilishicha, Damashqning 50 yoshli fuqarosi Faten Ali Nahar mustaqil ravishda prezidentlik saylovlarida ishtirok etishga qaror qilgan. Biroq hozircha u haqida batafsil ma'lumotlar mavjud emas. Spikerning e'lonida uning yoshi, tug‘ilgan joyi va onasining ismi ko‘rsatilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda uning kimligi haqida hech qanday ma'lumotlar berilmagan. U mamlakatdagi eng yuqori lavozimga ko‘rsatilgan birinchi ayol nomzod hisoblanadi.
Mamlakatda fuqarolik urushi boshlanganidan beri ikkinchi marta bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlari 26 may kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Faten Ali Nahardan tashqari yana ikki kishi prezidentlikka o‘z nomzodini taklif qilgan. Ular orasida 2014 yilda Bashar Asadga qarshi saylovda qatnashgan tadbirkor ham bor. O‘sha saylovda Bashar Asad 90 foiz ovoz to‘plab, g‘alaba qozongan edi.
Garchi Asad hali saylovda qatnashish uchun murojaat qilmagan bo‘lsa-da, u to‘rtinchi yetti yillik muddatda qatnashishi va g‘olib chiqishi kutilmoqda.
Ma'lumot uchun, Bashar Asad 30 yil davomida mamlakatni boshqargan otasi vafotidan so‘ng 2000 yilda hukumat tepasiga kelgan va o‘shandan beri hokimiyatni egallab turibdi.
Suriyada faqatgina 2014 yildagi saylovlardan boshlab bir necha shaxslar prezidentlikka o‘z nomzodini ko‘rsata boshladi. Ammo ko‘pchilik G‘arb davlatlari buni ko‘zbo‘yamachilik sifatida baholagan.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
21 mlrd so‘mlik noqonuniy davlat xaridlarining oldi olindi
O‘zbekiston | 09:38
-
Orol tubida sho‘rlanishga chidamli o‘simlik sinovdan o‘tkazildi
O‘zbekiston | 08:50
-
Medinskiy Ukraina delegatsiyasini 16 may kuni ertalab Istanbulda kutadi
Jahon | 08:49
-
Toshkentda poyezd ustida suratga tushmoqchi bo‘lgan bolalarni tok urdi
Jamiyat | 08:48
Mavzuga oid

16:27 / 15.05.2025
AQSh Suriyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilmoqda. Bu nima uchun muhim?

23:45 / 13.05.2025
Tramp AQSh Suriyaga qarshi sanksiyalarini bekor qilishini aytdi

19:01 / 07.05.2025
Suriya va Isroil BAA vositachiligida yashirin muzokaralar olib bormoqda - Reuters

12:44 / 06.05.2025