Bosh prokuror o‘tgan yili Shahrisabzda o‘ziga qo‘shib turmush o‘rtog‘i va 3 nafar farzandini vahshiylarcha yoqib yuborgan erkak voqeasiga to‘xtaldi
Nig‘matilla Yo‘ldoshevga ko‘ra, ushbu fojia e'tiborsizlik va mas'uliyatsizlikning ayanchli oqibati hisoblanadi. Bu haqda u 23 aprel kuni bo‘lib o‘tgan Senat yalpi majlisidagi hisobotida to‘xtalib o‘tdi.
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s«Jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligi, avvalo, barcha davlat idoralari, mahalla, keng jamoatchilik o‘rtasidagi hamkorlikka uzviy bog‘liq. Afsuski, hali bunday hamkorlikni bekamu-ko‘st yo‘lga qo‘ydik, jamiyatda huquqbuzarlikka murosasiz muhitni to‘la shakllantirdik deb ayta olmaymiz. Shahrisabz shahrida Narimovlar oilasi bilan ro‘y bergan mudhish holatdan ijtimoiy tarmoqlar orqali yaxshi xabardorsiz deb o‘ylayman.
2020 yil 30 iyul kuni Narimov turmush o‘rtog‘i bilan kelishmovchilik oqibatida avtomashinasiga o‘zini, turmush o‘rtog‘ini hamda 6, 11 va 12 yoshli 3 nafar go‘dak farzandlarini qamab, ustilariga benzin sepib, vahshiylarcha yoqib yuborgan. Oqibatda, butun oila fojia qurboniga aylandi.
Jinoyat sabablari o‘rganilganda, er-xotin o‘rtasida rashk tufayli uzoq muddat o‘zaro kelishmovchilik, janjal davom etib kelgani aniqlandi. Buning ustiga, Narimov muqaddam sodir etgan jinoyati uchun Shahrisabz shahri probatsiya xizmati hisobida ham turgan. Bundan qo‘ni-qo‘shnilar, mahalla va qarindosh-urug‘ to‘la xabardor bo‘lsa-da, oiladagi ziddiyatlarni bartaraf qilish choralarini ko‘rmagan, profilaktika inspektori ham, boshqalar ham bunga e'tibor bermagan. Mana, birgina e'tiborsizlik va mas'uliyatsizlikning ayanchli oqibati», deya Nig‘matilla Yo‘ldoshevning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning 30 iyul kuni Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida yashovchi erkak shaxsiy avtomobilida ketayotgan paytda turmush o‘rtog‘i bilan tortishib qoladi va avtomobil eshiklarini yopib, uch nafar farzandi, turmush o‘rtog‘i va o‘ziga benzin sepib, yoqib yuborgan, oilaning barcha a'zosi kuyish oqibatida vafot etgandi.
Shahrisabz shahrining «Guliston» mahallasida yashagan ushbu oila notinch oila sifatida ro‘yxatda turgan.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Erondagi cheklovlar sababli Dubay va Sharm ash-Shayxga aviareyslar jadvali o‘zgartirildi
O‘zbekiston | 08:39
-
Eron Isroilga yangi raketalar to‘lqinini uchirdi
Jahon | 07:41
-
AQSh–Eron muzokaralari taqdiri nima bo‘ladi?
Jahon | 23:29 / 14.06.2025
-
AQSh dronlarga qarshi mudofaa tizimlarini Ukrainadan Yaqin Sharqqa ko‘chirdi
Jahon | 23:14 / 14.06.2025
Mavzuga oid

16:40 / 14.01.2025
Sport kurashlari assotsiatsiyasida Salim Abduvaliyevning o‘rniga yangi rahbar saylandi

19:01 / 11.11.2024
O‘zbekiston va Saudiya bosh prokurorlari tergov va axborot almashinuvida hamkorlik bo‘yicha kelishuv imzoladi

18:41 / 16.08.2024
Nig‘matilla Yo‘ldoshev Kurash federatsiyasi raisligiga qayta saylandi

18:42 / 19.07.2024