Qamoqxonalarda jazo muddatini ötayotgan mahkumlarning turli sabablar tufayli vafot etgani haqidagi gap sözlar ahyon-ahyon quloğimizga çalinib turadi. Bugun biz töxtalmoqçi bölgan voqea ham bir mahkumning qamoqxonada ölim topgani bilan boğliq. Ammo bu ölim hodisasining biroz sirli ekani diqqatimizni tortdi.

Kun.uz tahririyatiga çustlik Mehrixon Botirovaning murojaati kelib tuşdi. Unda aytilişiça, sodir etgan oğir jinoyati uçun bundan 5 yil muqaddam ozodlikdan mahrum etilgan, endigina 30 yoşni qarşilagan öğli Şuhrat A'zamov şu yilning 26 mart kuni jazo muddatini ötayotgan Qarşi şahri Şayxaliqörğoni qamoqxonasida vafot etgan.

Muassasa ma'muriyati ölim sababini «öz joniga qasd qiliş» deb körsatgan. Ammo iztiroblar içida yaşayotgan ona farzandining öz joniga qasd qilganiga işonmayapti.

Şuhrat A'zamov ölimidan ikki kun avval onasiga notaniş raqamdan, noma'lum şaxs orqali qönğiroq qiladi. Onaning sözlariga köra, öğlini boğlab bergan şaxsning biroz tili çuçukroq, gapiga töliq tuşunib bölmaydigan holda gapirgan.

Mehrixon Botirova

«Gapiga tuşunmadim. Kimligini söraganimda Şuhratning onasimi dedi, ha, deganimdan söng öğlimga berdi», – deydi ayol. Uning aytişiça, öğli undan hol-ahvol sörab, soğinganini aytgan.

«Dadasi ötib qolgandan keyin menga rosa suyanib qolgandi. Öğlimdan ahvolini söradim, tuzukmisan, boşing oğrimayaptimi dedim. Yaxşiman, heç qayerim oğrimayapti, aya, dedi. Ertaga boraymi desam, kelganingiz bilan kiritmaydi dedi. Özingizni ehtiyot qiling deya telefonni qöydi», – deya sönggi sözlaşuvni xotirlaydi Mehrixon Botirova.

Mehrixon Botirova şundan keyin farzandi bilan boşqa gaplaşmagan. Oradan ikki kun ötib yana telefon böladi. Qamoqxonadan kelgan qönğiroqqa onaxon emas, katta öğli javob beradi. Telefon qilgan şaxs Şuhratning soğligi yomonlaşgani, tezroq kelişini va onasini olib kelmaslikni tayinlaydi.

«Könglim bir narsa bölganini sezdi. Borsak, öğlimni olib kirib ketişdi. Men boşliqning xonasiga kirib ötirdim. Ular meni söroq qilişdi, oilam, ular kim, qayerda işlaydi, deb birma-bir 2 soat davomida sörayverişdi. Men bolamni köray desam, olib ötiraverişdi», – deydi Mehrixon Botirova.