Özbekistonda oziq-ovqat narxlari barqarorligini ta'minlaş borasida yagona davlat strategiyasi işlab çiqilmoqda. Bu haqda Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

«Bizni taşvişga solayotgan oziq-ovqat masalasida aytiş kerakki, prezident tomonidan hukumatga, tegişli vazirlik va idoralarga içki bozordagi oziq-ovqat narxlari barqarorligini ta'minlaş böyiça çora-tadbirlar işlab çiqiş belgilandi. Hozirgi kunda mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlaş böyiça yagona davlat strategiyasi işlab çiqilmoqda.

Strategiya keng qamrovli içki va taşqi talab va taklif omillarini özida aks ettiradi. Kelgusida bizni xavotirga solayotgan oziq-ovqat narxlari ösişining sekinlaşişiga xizmat qiladi», – dedi Mamarizo Nurmurodov 22 aprel kungi matbuot anjumanida.

Markaziy bank raisi oziq-ovqat narxlari ösişini sekinlaştiriş böyiça rejalaştirilayotgan ayrim çoralarni sanab ötdi.

Importni diversifikatsiya qiliş

«Xorijdan olib kelinadigan oziq-ovqat mahsulotlarining import bozorlarini diversifikatsiya qiliş. Masalan, yoğ va şakar kabi mahsulotlarni asosiy hamkorlarimiz Rossiya, Qozoğistondan olib keladigan bölsak, Janubiy-Şarqiy Osiyo, Lotin Amerikasi davlatlaridan olib keliş borasida ham hukumat tomonidan tegişli işlar qilinmoqda», – dedi Nurmurodov.

Transport xarajatlarini pasaytiriş

«Importda konsentratsiyalaşuv darajasini pasaytiriş va transport xarajatlarini kamaytiriş. Bu borada körilayotgan çora-tadbirlar inflatsiya darajasini pasaytirişga ijobiy ta'sirini körsatadi», – dedi MB raisi.

Yetiştirilayotgan va işlab çiqarilayotgan oziq-ovqat hajmlarini oşiriş

«Qişloq xöjaligi vazirligi va hudud rahbarlariga oziq-ovqat narxlarini muvozanatlaştiriş, meva-sabzavot, ozuqa va yem mahsulotlarining hajmini oşiriş borasida ham topşiriqlar berilgan. Zaruriy yer maydonlari va suv resurslari ajratiş böyiça tegişli çoralar körilmoqda», – deya qayd etdi Mamarizo Nurmurodov.

Avvalroq, Markaziy bank raisi göşt narxi barqarorlaşgani haqida gapirgani xabar qilingandi. Nurmurodovga köra, qoramol importi ötgan yilgiga nisbatan 4 barobar oşib, rastalarda göşt narxi muvozanatlaşgan.