Namangan viloyatining Yangiqörğon tumanida faoliyat  olib borayotgan tadbirkor Şuhrat Hakimov bir yildan buyon quyon boqyapti. U faoliyatini dastlab quyonning hikol turini parvarişlaşdan boşlagan.

Tadbirkorning aytişiça, quyon boqiş köp mehnat talab qilmaydi, vaqtida oziqlantirib, tozalikka e'tibor qaratilsa bölgani. Bu uzunquloqlar juda tez köpayadi. Zotdor quyonlar har 21 kunda 12 tagaça bolalaydi.

Quyonlar asosan maxsus ozuqa yordamida boqiladi, ya'ni kamikorm yeydi. Bundan taşqari, beda va makkajöxori bilan oziqlanadi.

Qahramonimiz hozirda quyonlarning 5 ta turini köpaytiryapti. Bu quyonlar möynasi va göşti uçun parvarişlanadi.

«Dastlab 156 ta quyon olib kelganmiz. Şundan köpaytirişni boşladik. Yangi Zelandiyaning oq va qizil quyonini olib keldik. Kaliforniyaning kalif zotli quyonini olib keldik, şundan köpaytirib, hozir, mana, bugungi kunda 2 mingga yaqin quyon boqyapmiz. Möynasi va göştini xaridorlar kelib olib ketadi. Bir oyda 10 milliongaça daromad qilsa böladi», – deydi Şuhrat Hakimov.

Tadbirkor faoliyatini yanada kengaytiriş istagida. Buning uçun ozuqa zaxirasini yaratişga yer maydoni kerak.

«Sanoat zonasidan 35 sotix yer berişdi, bino-inşoot qurib, quyon köpaytiriş uçun. Kelajakda bizga buning ozuqasini yaratiş uçun hokimiyat tomonidan yer maydoni ajratilsa, yaxşi bölardi. Ozuqasi özimizda yetiştirilsa, daromadimiz yanada ortadi», – deydi u.