«23 aprel davlat bayrami — Milliy mustaqillik va bolalar kuni bo‘lgani sababli joriy haftada ko‘chaga chiqishga cheklov 22 aprel soat 19dan boshlanib, 26 aprel soat 5da tugaydi», deb ma'lum qilingan xabarda.
3 kunlik komendantlik soati vaqtida Turkiya fuqarolari o‘z uylarini soat 10dan 17gacha faqat oziq-ovqat do‘konlari va dorixonaga, shifokor huzuriga borish va itlarini sayr qildirish uchun tark eta oladilar.
Avvalroq Turkiya sog‘liqni saqlash vaziri Faxritdin Xo‘ja Turkiyada rekord sonda kunlik kasallanish holatlari qayd etilayotgani sababli mamlakat pandemiya boshidan beri eng murakkab davrni boshdan kechirayotganini aytgandi.
Ayni vaqtda Turkiyaning 81ta viloyatidan 58tasida ish kunlari soat 19dan 5gacha hamda dam olish kunlari juma soat 21dan dushanba soat 5gacha komendantlik soati amal qilmoqda.















