Kema fazoga Floridadagi kosmodromdan Falcon 9 raketasida çiqarildi. E'tiborlisi, uşbu parvoz raketa taşuvçining poğonasi va kema qayta işlatilgan tarixdagi birinçi fazoviy parvoz böldi. 

Kema raketa startidan 12 daqiqa ötib undan ajralib, özi mustaqil uça boşlagan. Uning XKS bilan tutaşişi 24 aprelga belgilangan.

Kema bortida 4 fazogir – NASA astronavtlari Şeyn Kimbro va Megan Makartur, yaponiyalik astronavt Akixiko Xoside va Yevropa koinot agentligi astronavti Toma Peske bor.

Kema XKSga yetgaç, stansiyadagi ekipaj a'zolari soni 11 nafarga yetadi. Hozirda u yerda NASA astronavtlari Mark Vande Xay, Maykl Xopkins, Viktor Glover va Şennon Uoker, rossiyalik fazogirlar Oleg Novitskiy va Pyotr Dubrov, yaponiyalik astronavt Soiti Noguti faoliyat olib bormoqda. Bir neça kundan keyin Xopkins, Glover, Uoker va Noguti 2020 yil noyabrida ularni XKSga yetkazgan boşqa bir Crew Dragon kemasida Yerga qaytadi.