AOKAda ötkazilgan brifingda Prezident, ijod va ixtisoslaştirilgan maktablar agentligi axborot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova agentlik maktablari böyiça yuborilgan savollarga javob berdi.

Prezident maktabida öqişni xohlagan öquvçining maktabda barça fanlardan bahosi «a'lo» bölişi kerakmi?

Prezident maktablariga hujjatlarni topşiriş uçun talabgorlar 2020/2021 öquv yilini quyidagi sinflarda STEAM fanlar böyiça a'lo bahoga tugatgan bölişlari şart.

Bular:

  • 4-sinf uçun – matematika, tabiatşunoslik;
  • 5-sinf uçun – matematika, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari;
  • 6-sinf uçun – matematika, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari, fizika;
  • 7-sinf uçun – algebra, geometriya, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari, fizika, kimyo;
  • 8-sinf uçun – algebra, geometriya, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari, fizika, kimyo;
  • 9-sinf uçun – algebra, geometriya, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari, fizika, kimyo fanlaridan yillik a'lo baho talab etiladi.

Bundan taşqari, talabgor öqiyotgan maktab prezident maktabi joylaşgan hududga mansub bölişi lozim.

Talabgor prezident maktabiga qabul qilingan taqdirda, uning ota-onasi (qonuniy vakillari) öquvçining prezident maktablarida 5 kun davomida internat şaklida ta'lim olişiga rozilik bildirişi talab etiladi.

Prezident maktablarida STEAM (Science-fan) matematika, fizika, kimyo, biologiya va kompyuter ta'limi ingliz tilida olib boriladi.