«Bu borada prezident va hukumat raisining aniq rejalari asosida Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti bilan birgalikda o‘simlik moyini aholiga uzluksiz yetkazib berish va uning narxlarini barqaror saqlash bo‘yicha tegishli ishlarni olib bormoqdamiz.
Bu borada hukumatga aniq taklifimizni berdik. Kecha bosh vazir bilan gaplashganimizda shuni ta'kidladilar. Ya'ni yaqin kunlarda amaliy ishlar qilinib, narxlarni barqarorlashtirish choralari ko‘riladi», deya Nig‘matilla Yo‘ldoshevning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Tanzila Norboyeva mazkur masala yuzasidan Senat Bosh prokuratura bilan hamkorlikka tayyor ekanini va bozordagi narx-navo holati Senatning Sud-huquq qo‘mitasi tomonidan ham nazoratga olinishini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, Senatning ushbu yalpi majlisida hisobot bergan Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov oziq-ovqat narxlari keskin oshishiga qarshi qo‘llanishi kutilayotgan choralar haqida ma'lumot berib, O‘zbekistonda oziq-ovqat narxlari barqarorligini ta'minlash borasida yagona davlat strategiyasi ishlab chiqilayotgani, bu oziq-ovqat narxlari oshishini sekinlashtirishini ta'kidlagan edi.
Avvalroq paxta yog‘i ham keskin qimmatlashgani, yaqin oylarda narx pasayishi kutilmayotgani xabar qilingandi.
Antimonopoliya qo‘mitasi kungaboqar va paxta yog‘lari qimmatlashi bo‘yicha izoh berdi
Iste'mol bozorini asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlashga oid hukumat qarori qabul qilindi
Birjada paxta yog‘ining qimmatlashi va kungaboqar yog‘i ochiq savdoda sotilmasligiga izoh berildi














