Associated Press agentligi ma'lumotiga köra, yonğin 25 aprelga ötar keçasi koronavirus bemorlari uçun intensiv davolaş bölimida yuzaga kelgan. Unga kislorod ballonlari saqlanadigan ombordagi nosozlik tufayli sodir bölgan portlaş sabab bölgan. Ba'zi bemorlar yonğindan qoçiş uçun derazalardan sakragan. Ikki qavatli bino deyarli töliq yonib ketgan.
Manba ma'lumotiga köra, qurbonlarning bir qismining ölimiga sun'iy nafas oldiriş apparatlaridan uzib qöyiş sabab bölgan.
The fire caused many of the oxygen tanks designated to support the #COVID19 patiens in the hospital to explode. #Baghdad so far dozens of victims have been reported. pic.twitter.com/OAC8Jt3jq3
— Steven Nabil (@thestevennabil) April 24, 2021
Iroq Soğliqni saqlaş vazirligi halok bölganlar va jabrlanganlar sonini rasman e'lon qilmadi, faqat kasalxonadan 200ga yaqin kişi qutqarilgani qayd etilgan.
«Bu kabi masalalarda beparvolik jinoyatdir, unga yöl qöyganlar javobgarlikka tortilişi kerak», degan Iroq boş vaziri Mustafr al-Kozimiy.
Uning qaroriga köra, uşbu şifoxona joylaşgan ar-Rusafa tumani soğliqni saqlaş boşqarmasi boş direktori hamda şifoxona rahbariyati işdan olingan.
Big disaster, 55 corona patiens dead in fire caught Abn Al khateeb hospital in #Baghdad, the fire broke up after oxygen cylinder has exploded. pic.twitter.com/IK1L0KgZUH
— Ammar karim (@ammar_afp) April 24, 2021
Yonğindan keyin ba'zi siyosatçilar, jamoat arboblari va parlament a'zolari Iroq soğliqni saqlaş vaziri Hasan al-Tamimiyning iste'fosini talab qildi.
Mamlakatda uç kunlik motam e'lon qilindi.
Iroqda murakkab epidemiologik vaziyat saqlanib qolmoqda, Covid-19ga qarşi vaksinatsiya esa endigina boşlangan.
Mamlakat soğliqni saqlaş vazirligi ma'lumotiga köra, koronavirus pandemiyasi davrida 1 milliondan ortiq iroqlik kasallangan va 15 mingdan ortiq kişi kasallik qurboni bölgan.

















