Bağdodda koronavirus bemorlari davolanayotgan şifoxonada çiqqan yonğinda 27 kişi halok böldi, yana 46 kişi jabrlandi. Yonğinga kislorod ballonlari saqlangan xonada yuz bergan portlaş sabab bölgan. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.
Bu orada Iroqning inson huquqlari böyiça komissiyasining ma'lum qilişiça, fojia oqibatida 30 kişidan 45 kişigaça halok bölgan. Komissiya Iroq soğliqni saqlaş vazirining iste'fosini talab qildi.
Bağdod janubida joylaşgan Ibn al-Xatib şifoxonasida yonğin çiqişidan oldin jonlantiriş bölimi joylaşgan 2-qavatdagi kislorod ballonlari saqlangan xonada portlaş yuz bergan. Yonğinni öçirişda 30ga yaqin öt öçiriş brigadasi iştirok etgan. Guvohlarning ta'kidlaşiça, yonğin çiqişi bilan şifoxonada sarosima boşlangan. Aksariyat qurbonlar öpkani sun'iy şamollatiş qurilmalaridan öçirib qöyilgani, qolganlari esa yoniş mahsulotlaridan nafas böğilişi oqibatida halok bölgan.
Portlaş vaqtida şifoxonada 120ga yaqin odam bölgan. Ulardan 90 nafari qutqarilgan.
Iroq boş vaziri Mustafo al-Kozimiy voqeaning batafsil tergovini ötkazişni buyurgan. Şifoxona boş şifokori, xavfsizlik xizmati boşliği hamda texnik ta'minot uçun mas'ul bölgan xodimlar hibsga olingan. Ma'lum qilinişiça, şifoxona yonğin xavfsizligi qurilmalari bilan jihozlanmagan, xonalar esa oson alangalanuvçi materiallar bilan qoplangan bölgan.

















