Razvedka idoralari haqida ma'lumotlar juda kam. Ularning ba'zilari özaro ma'lumot almaşiş uçun kelişuvlarga ega. Boşqalari esa öta maxfiy va heç kim bilan mavjud axborotni bölişişni istamaydi. Kun.uz soliştirma manbalar va ma'lumotlar asosida ularning eng kuçli öntaligi haqida ma'lumot töpladi.

1.Pokiston razvedka xizmati (ICI)

Xizmatlararo razvedka boşqarmasi (ICI) – Pokistonning boş razvedka agentligi hisoblanadi. Boş qarorgohi Islomobodda joylaşgan.

Agentlik 1947–1948 yillardagi Hindiston-Pokiston uruşidan söng Pokiston armiyasi, harbiy-havo kuçlari va dengiz floti örtasida razvedka ma'lumotlarini yiğiş va muvofiqlaştirişdagi kamçiliklarni bartaraf etiş maqsadida taşkil qilingan.

Taşkilot ötgan asrning 80-yillarida sovet-afğon uruşi davrida global miqyosda şuhrat qozonadi. Agentlik Markaziy razvedka boşqarmasi bilan yaqindan hamkorlik qilib, afğon mujohidlarining sovet ittifoqiga qarşi kuraşişida yordam körsatgan. Öşandan beri taşkilot mintaqada terrorizm bilan boğliq mojarolarga bevosita va bilvosita aralaşib keladi. Ba'zi manbalarga asoslanib, xalqaro hamjamiyat taşkilotni afğon muxolifati a'zolarini Pokiston lagerlarida öqitiş uçun mas'ul bölganlikda ayblaydi.

Sovet ittifoqi parçalanganidan söng, ICI Afğonistondagi fuqarolar uruşi paytida «Tolibon» hukumatini Şimoliy alyansga qarşi strategik yordam va razvedka ma'lumotlari bilan ta'minlab turgan.

Pokistonning sobiq boş vaziri Benazir Bxutto bir paytlar agentlikni «davlat içidagi davlat» deb ta'riflagan. Razvedka mutaxassislarining fikriga köra, ICI’ga ustunlik beradigan narsa — bu oldindan taxmin qilib bölmaydigan qarorlar va şaffoflikning yöqligi. Hozirda taşkilotga general-leytenant Fayz Hamid rahbarlik qiladi.

2. «Mossad» (Isroil)

«Mossad» («Razvedka va maxsus operatsiyalar instituti» ma'nosini anglatadi) – Isroil milliy razvedka agentligi. Taşkilot 1949 yil 13 dekabrda boş vazir Ben Gurionning tavsiyasiga binoan Markaziy muvofiqlaştiriş instituti sifatida taşkil etilgan. 1951 yilda u qayta taşkil etilib, töğridan töğri boş vazirga böysunadigan boş vazir idorasining bir qismiga aylantirilgan. Taşkilotning asosiy idorasi Tel-Avivda joylaşgan.