Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi boşliği lavozimiga - Xayrulla Saydullayeviç Umarov tayinlandi.

Xayrulla Umarov bugunga qadar Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi boşliği birinçi  örinbosari lavozimida işlab kelgan.

Agentlikda sönggi bir yarim yil içida uçinçi rahbar işlamoqda. Agentlikning sobiq boşliği Ravşan Ibragimov qamalgaç, 2019 yil oxirida agentlikka Baxtiyor Tursunov kelgandi. U 2020 yil yozida lavozimini tark etdi va uning örnini Muhammadzokir Mamatxonov egalladi. Muhammadzokir Mamatxonov 2021 yil fevralida Namangan viloyatining Uyçi tumani hokimi sifatida iş boşlagaç, agentlik rahbarligi böş qolgandi.