Toshkentda davom etayotgan qilichbozlik bo‘yicha Osiyo-Okeaniya lisenzion musobaqasining ikkinchi kuni muvaffaqiyatli boshlandi. Biroz avval qoraqalpog‘istonlik Zaynab Dayibekova musobaqada g‘alaba qozonib, Tokio-2020 Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Zaynab saralash davomida Tailand, Gongkong vakillarini musobaqadan chiqarib yubordi. Oltin medal va Olimpiada yo‘llanmasi uchun kechgan bellashuvda qozog‘istonlik Aygerim Saribaydan 15:6 hisobida ustun keldi.

Shu tariqa, qoraqalpog‘istonlik sportchilarning Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlariga qo‘lga kiritgan yo‘llanmalari soni 5 taga yetdi:

  • Sherzod Mamutov – qilichbozlik;
  • Jalg‘asbay Berdimuratov – yunon-rum kurashi;
  • Sharofiddin Baltaboyev – dzyudo;
  • Adilbek Yusupbayev – suzish;
  • Zaynab Dayibekova – qilichbozlik.