1986 yilning 26 aprelida, soat tungi 1dan 23 daqiqa ötganida  Çernobil AESning 4-energoblogini rejali töxtatiş va turboreaktorni sinovdan ötkaziş vaqtida portlaş sodir bölib, reaktor butunlay işdan çiqadi. Portlaş oqibatida energoblokning bir qismi qulab tuşadi va boş operator halok böladi.

Çernobil AESdagi portlaş oqibatlari / TASS

Atrof-muhitga katta miqdordagi radioaktiv moddalar tarqala boşlaydi. Şamol bu moddalarni Kiyev oblastidan taşqariga va hatto Ukraina SSR çegaralaridan taşqariga olib boradi. 600 mingdan ortiq kişi nurlaniş olgan, ularning aksar qismi avariya oqibatlarini bartaraf etişda işlagan odamlar edi. Sobiq sovet ittifoqining jami 7 milliondan ortiq odam yaşovçi 155 ming km.kv hududi radiatsion zararlanişga uçragan. 1986 yil 29 aprel kungi kuzatuvlarga köra, yuqori fonli radiatsiya Polşa, Germaniya, Avstriya, Ruminiya va boşqa mamlakatlarda ham kuzatilgan, radiatsiya tölqini Şvetsiyagaça yetib borgandi.

Radiatsiyaning past dozalari bilan doimiy ta'sirlaniş oqibatida Rossiya, Belarus va Ukrainada saraton, asab-psixiatrik kasalliklarga çalinganlar va genetik mutatsiyalarga uçraganlar soni köpayadi. Taqqoslaş uçun, Çernobil fojiasiga qadar Belarusda har 100 ming aholiga 82ta onkologik kasallik holati töğri kelgan bölsa, fojiadan keyin bu miqdor – 6 mingga yetgandi. 

Uşbu baxsiz hodisa uning oqibatlaridan halok bölgan va jabr körgan odamlarning taxminiy soni böyiça ham, iqtisodiy zarar jihatidan ham yadro energetikasi tarixidagi eng yirik fojia hisoblanadi.

Çernobil AESda öşa paytda rasmiy hujjatlarda 54 nafar odam halok bölgani qayd etilgan. Ammo keyinçalik falokat natijasida va uni bartaraf etişda jami 4 mingga yaqin kişi halok bölgani ma'lum qilingan. Bundan taşqari, halokat asoratlari tufayli turli yillarda jami 100 minggaça odam halok bölgani taxmin qilinadi.

Çernobil AES falokati natijasida jami 115 ming odam evakuatsiya qilingan. 1986-1992 yillar davomida falokat joyida uning asoratlarini bartaraf etiş işlarida jami 526 250 nafar odam qatnaşgan. Ularning barçasi keyinçalik radiatsiya bilan zararlaniş oqibatida ma'lum darajada nogiron bölgan.