Nemis tilida pandemiya bilan bog‘liq 1200dan ko‘proq yangi so‘z paydo bo‘ldi
Nemis tilida koronavirus pandemiyasi boshidan beri u bilan bog‘liq 1200dan ko‘proq yangi so‘z paydo bo‘ldi. Ushbu so‘zlar pandemiya vaqtida dolzarb bo‘lgan ijtimoiy masofalashuv, emlash, karantindan toliqish va o‘zini yakkalash bilan bog‘liq.

Foto: DPA
New York Post nashrining yozishicha, pandemiya nemis tilida so‘zlar tanqisligi muammosini yuzaga keltirdi. Yangi so‘zlarga ehtiyoj fuqarolarning pandemiya sharoitidagi yangi turmush tarzi bilan bog‘liq holda paydo bo‘ldi.
Ta'kidlanishicha, lug‘atning yangi so‘zlar bilan boyishi aholi o‘rtasida xavotirlanish darajasini kamaytiradi. Berlin ozod universiteti doktori Kristin Mersning ta'kidlashicha, nemislar shu tariqa biroz tinchlanadilar.
«Dunyoda yangi hodisalar yuz berganda, biz ular uchun yangi nomlar qidiramiz. Nomsiz hodisalar odamlarda qo‘rquv va ojizlik hissini tug‘diradi. Biroq biz narsa-hodisalar nomini bilsak, u haqda bemalol gaplasha olamiz. Bu inqiroz vaqtida juda muhimdir», deb aytgan mutaxassis.
Quyida nemis tilida pandemiya bilan bog‘liq paydo bo‘lgan so‘zlardan bir nechtasi keltirilgan:
- Balkonsänger – balkonda kuylovchi.
- Maskentrottel – burnini berkitmagan holda himoya niqobi taqqan odam.
- Hamsterkauf – vahimada oziq-ovqat zaxiralash.
- Anderthalbmetergesellschaft – 1,5 metr masofaga amal qilishi lozim bo‘lgan jamiyat yoki «bir yarim metrlik jamiyat».
- Coronamüde – COVID-19’dan toliqish.
- Impfneid – emlanganlarga hasad qilish.
- Coronadiktatur – COVID-19 diktaturasi.
- Impfzwang – majburiy emlash.
Bu o‘rinda bir qator mutaxassislarning ta'kidlashicha, hattoki Ikkinchi jahon urushi ham nemislar so‘z boyligiga ta'sir qila olmagan.
Tavsiya etamiz
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya beriladi
O‘zbekiston | 14:32 / 06.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti
Jamiyat | 17:21 / 05.04.2025
Markaziy bank kartadan pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan yangi talabga izoh berdi
Iqtisodiyot | 17:09 / 05.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Urgutda giyohvand modda sotgan maktab direktori 10 yilga qamaldi
Jamiyat | 12:31
-
France24 Rossiya raketa zarbasi vaqtida Kriviy Rihdagi restoranda yozib olingan kadrlarni namoyish etdi
Jahon | 12:11
-
Toshkentda bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha mintaqaviy konferensiya o‘tkaziladi
O‘zbekiston | 12:10
-
2,1 mlrd so‘mlik elektrni noqonuniy ishlatgan klinika aniqlandi
Jamiyat | 12:07
Mavzuga oid

08:49 / 03.04.2025
«Yangi pandemiya dunyoda hatto ertagayoq boshlanishi mumkin» - JSST bosh direktori

10:41 / 13.03.2025
Germaniya razvedkasi: COVID-19 pandemiyasi Xitoydagi sizib chiqish sababli yuzaga kelgan

15:37 / 21.02.2025
Xitoyda ko‘rshapalaklar orasida yangi koronavirus aniqlandi

19:01 / 20.02.2025