Koronavirusning Hindistonda aniqlangan mutatsiyalari yangi ştammning öta yuqumli va antitanalarga çidamli ekanini körsatmoqda, deb ma'lum qildi Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti.
Tadqiqotlar natijalariga köra, mutatsiyalar antitanalar bilan davolaş samaradorligiga ta'sir körsatadi va ularning ijobiy ta'sirini yöqotadi. Qayd etilişiça, yangi ştamm, şuningdek, kasallikni tez çaqiriş va ölimga olib keliş xususiyatiga ega.
JSST virusning tez özgarişi sabablarini örganmoqda. Ommaviy tadbirlar ötkazilişi asosiy omillardan biri deb hisoblanmoqda.
26 aprel kuni Hindiston soğliqni saqlaş vazirligi bir sutkada 349,6 ming kişida koronavirus aniqlanganini ma'lum qildi. Hozirda mamlakatda har tört kunda bir millionga yaqin kişida kasallik aniqlanmoqda.
24 mart kuni Hindistonda koronavirusning qöşaloq mutatsiyaga ega yangi ştammi aniqlangandi.

















